Putin O‘zbekistondan nimani umid qilyapti?
Kuni kecha Shavkat Mirziyoyev Putin bilan uchrashuvda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi ayrim masalalarni gaplashdi.
1 daqiqa o‘qiladi

8-may kuni Moskva shahriga amaliy tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Ittifoqchilik masalasimi?
Uchrashuvda O‘zbekiston-Rossiya keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, shu jumladan, savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqilgani aytilgandi.
Meva va sabzavot masalasi
Kp.ru yozishicha, uchrashuvda Vladimir Putin xuddi o‘tgan yildagi kabi bu yil ham Rossiya O‘zbekiston meva va sabzavotlar yetkazib berishini kutayotganini ta’kidlagan.
“O‘tgan yilda bo‘lgani kabi bu yil ham O‘zbekistondan meva va sabzavotlar kelishini kutyapmiz. Sizga ham yaxshi — mahsulotingizni o‘tkazasiz, bizga ham foydali — qimmatchilik bo‘lmaydi, narx-navoni ushlab qolamiz”, — dedi Putin.



