$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

Davlat poliklinikalarida pulli xizmatlar joriy qilinadimi? SSV rasmiy munosabat bildirdi

pulli tibbiy xizmat

SSV davlat poliklinikalarida ayrim tibbiy xizmatlar pullik bo‘lishi haqida tarqalgan xabarlarga rasmiy munosabat bildirdi.

Tibbiy yordamning kafolatlangan hajmi pullik bo‘lmaydi

Sog‘liqni saqlash vazirligi Tibbiy sug‘urta boshqarmasi boshlig‘i Shuhrat Almaradov ma’lumot berishicha, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 48-moddasida belgilanganidek, mamlakat fuqarolari kafolatlangan tibbiy yordamni davlat hisobidan olish huquqiga ega.

SSV tegishli buyruqlariga ko‘ra, hozirda davlat poliklinikalarida quyidagi xizmatlar bepul taqdim etiladi:

•  Oilaviy shifokor va tibbiyot brigadasi xizmati

•  28 turdagi diagnostik tekshiruvlar

•  22 turdagi laborator tahlillar

•   138 turdagi dori vositalari

•  57 turdagi tibbiy buyumlar

•  Eng ko‘p uchraydigan 110 ta tashxis bo‘yicha bepul muolajalar

Yangi qonun loyihasi qanday o‘zgarishlarni nazarda tutadi?

SSV bayonotida ta’kidlanishicha, yangi qonun loyihasida birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalarida aholiga kafolatlangan bepul xizmatlardan tashqari qo‘shimcha xizmatlarni pulli asosda taklif qilish tartibi belgilanmoqda:

Bemor o‘ziga xizmat ko‘rsatish hududidagi oilaviy shifokor yoki tibbiyot brigadasi orqali yo‘llanma olgan taqdirda mutaxassis tekshiruvidan bepul o‘tishi mumkin. Agar fuqaro yo‘llanmasiz poliklinikaga murojaat qilsa, bu xizmat pulli bo‘lishi mumkin.

Bepul tibbiy xizmatlar saqlanib qoladi, biroq yuqori darajadagi qo‘shimcha tekshiruvlar va xizmatlar pullik asosda amalga oshirilishi mumkin. Shoshilinch va tez tibbiy yordam xizmatlari bundan mustasno.

Oilaviy shifokor yoki tibbiyot brigadasi bemorga diagnostika va muolajalar uchun elektron yo‘llanma beradi. Ushbu yo‘llanma asosida bemor tor mutaxassis yoki kasalxonaga yo‘naltiriladi.

Davlat tomonidan moliyalashtirilmaydigan qo‘shimcha xizmatlar pullik bo‘ladi. Bunga tezlashtirilgan xizmatlar, murakkab laborator tahlillar yoki maxsus diagnostika uskunalaridan foydalanish kiradi.

Теги :
Jamiyat