$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

Telegramda pulli xabarlar yo‘lga qo‘yilishi mumkin

Telegram

Telegram messenjeri shaxsiy va guruh chatlarida pulli xabarlar funksiyasini joriy etish ustida ishlamoqda. Bu haqda Telegram Info xabar berdi.

Funksiya qanday ishlaydi?

Pulli xabarlar shaxsiy yozishmalar va guruhlarda ishlatilishi mumkin. Chat administratori yoki suhbat ishtirokchisi ushbu funksiyani yoqib, xabarlarga narx belgilashi mumkin. Foydalanuvchilar xabarni ko‘rish uchun yulduzchalar orqali to‘lov qiladi. To‘langan yulduzchalar Telegram'ga emas, balki xabar yuborgan shaxs yoki guruh administratorining hisobiga o‘tadi. Bu esa kontent yaratuvchilari uchun yangi daromad manbai bo‘lishi mumkin.

Funksiyaning asosiy xususiyatlari:

- Pulli xabarlarni shaxsiy chatlar va guruhlarda faollashtirish imkoniyati;

- To‘lov Telegram emas, balki chat egasi yoki muallifga beriladi;

- Yulduzchalar Telegram balansingizga qo‘shilib, ularni turli maqsadlarda ishlatish imkoniyati mavjud;

- Pulli xabarlar sozlamalari turli xil chat turlari uchun farq qilishi mumkin.

Ayni paytda bu funksiya Telegram’ning sinov serverida cheklangan foydalanuvchilar uchun sinab ko‘rilmoqda. Rasman ishga tushish sanasi hozircha noma’lum.

Теги :
Jamiyat