$
 12707.95
57.69
 14099.47
115.87
 140.95
-1.01
weather
+26
Кечаси   +14°

Toshkent viloyati hokimi xodimlariga 3.5 mlrd. soʻm ragʻbat puli ajratdi

Rag

Ijtimoiy tarmoqlarda Zoir Mirzayev xodimlarini rag‘batlantirish uchun viloyat byudjetidan 3 mlrd. so‘mga yaqin pul ajratgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat hokimligi mazkur xabarlar yuzasidan izoh berdi.

 Byudjet hisobidan salkam 3,5 mlrd. soʻm ajratildi

Tarmoqlarda tarqalgan xabarga koʻra, 26-iyul kuni Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev hokimlik xodimlarini joriy yilning birinchi choragida yaxshigina ishlagani uchun byudjet hisobidan salkam 3.5 mlrd. pul ajratgan.

“Xodimlarni har oy ragʻbatlantirib borish maqsadida tashkilotlarga ish haqi xarajatlari uchun 2 729 530,01 soʻm va ish haqidan ajratma (yagona ijtimoiy toʻlov) uchun 682 382,501 soʻm mablagʻ ajratilishi haqida qaror qabul qilindi”, - deyiladi xabarlarda.

Munosabat

Toshkent viloyati hokimligi ushbu holat yuzasidan oʻz munosabatini bildirdi. Unga ko‘ra, mazkur mablag‘lar hokimlikning 144 nafar apparat va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlariga, Xalq deputatlari viloyat kengashi kotibiyati hamda “Yangi ish o‘rinlarini tashkil etishni rag‘batlantirish hududiy jamg‘armasi” xodimlariga joriy yilning 2-yarim yillik ish haqlariga teng muvofiqlikda ajratilgan rag‘batlantirish mablag‘lari hisoblanadi.

"Xodimlarni rag‘batlantirish mezonlari mavjud bo‘lib, har oyda xodimlarning faoliyat samaradorligi 7 ta yo‘nalishda baholanadi, bunda ijro va mehnat intizomi inobatga olinadi. Ajratilgan mablag‘lar davlat rahbarining tegishli topshiriqlariga asoslanib, respublikada davlat boshqaruv organi xodimlarining ish haqlari muvofiqlashtirilguniga qadar to‘lanishi nazarda tutilgan", - deyiladi hokimlik xabarida.