$
 12948.10
17.99
 13502.28
111.86
 121.01
0.07
weather
+26
Кечаси   +14°

2025-yilda davlat byudjetiga 224 trillion so‘m soliq tushumi rejalashtirilmoqda

pul

Soliq qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berishicha, “Mahallabay” va “korxonabay” ishlash tizimlari hamda sohani raqamlashtirish borasidagi ishlar natijasi soliq tushumlarini sezilarli darajada oshirdi. Xususan, soliq organlari tomonidan respublika bo‘yicha byudjetga 199,6 trln. so‘m soliq tushumlari ta’minlanib, 2023 yilga nisbatan 20 foiz o‘sishga erishildi. Tuman va shaharlar byudjetiga tushumlar 24 foizga oshdi. Hududlar kesimida Toshkent shahri – 27 foiz, Sirdaryo – 25 foiz va Toshkent viloyati – 23 foiz yuqori o‘sish kuzatildi.

2024-yilda byudjetga 199,6 trillion so‘m tushum ta’minlandi

Jismoniy shaxslarning mol-mulk va yer soliqlari 31,4 foizga (+1,4 trln.so‘m) o‘sdi. Toshkent shahri – 63,6 foiz, Toshkent viloyati – 42,5 foiz, Andijon – 37,6 foiz, Surxondaryo – 32,2 foiz o‘sish darajasi yuqori bo‘ldi. AOSdan 2,8 trln. so‘m tushirilib, o‘tgan yilga nisbatan 17,5 foizga o‘sdi.

Foyda solig‘i 29,1 foizga jumladan, yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo soliq inspeksiyasi 30,8 foizga va hududlarda 19,6 foizga o‘sdi. Sirdaryoda 1,8 baravarga, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 1,5 baravarga, Xorazmda 1,4 baravarga tushumlar o‘sib, respublika darajasidan yuqori. QQS 16,4 foizga (+5,6 trln.) o‘sdi. Sirdaryoda 39,2 foiz, Toshkent shahrida 31,7 foiz, Toshkent viloyatida 27,6 foiz, Jizzaxda 25,8 foiz, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 23,7 foiz o‘sdi yoki respublika darajasidan yuqori.

Bundan tashqari, soliq organlari xodimlari tomonidan manzilli ko‘rsatilgan amaliy yordamlar natijasida 64,5 mingta vaqtincha moliyaviy qiyinchilikka duch kelgan kichik tadbirkorlik subyektlarining faoliyati tiklandi, 134,8 mingta yangi tadbirkorlik sub’ektlari tashkil etildi.

“Avtokameral” tizimi

Shuningdek, tadbirkorlik subyektlari faoliyatida yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni o‘z vaqtida tuzatish imkonini beruvchi “Avtokameral” tizimi natijasida 37,9 trln. so‘mga ixtiyoriy ravishda qayta hisobotlar taqdim etilib, xatoliklar bartaraf etildi hamda 13,8 trln. so‘mlik moliyaviy jarimalar qo‘llanilishining oldi olindi.

Sohani raqamlashtirish borasida amalga oshirilgan ishlarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, Ma’lumotlarni qayta ishlash markazi va serverlar yangilandi, zamonaviy telekommunikatsiya uskunalari o‘rnatildi. Soliq organlarining aloqa infratuzilmasi va axborot xavfsizligi tizimlari modernizatsiya qilindi, soliq ma’muriyatchiligi uchun yagona raqamli platforma yaratildi, katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilish uchun zamonaviy texnologiyalar joriy qilindi, soliq to‘lovchilarga real vaqt rejimida taqdim etiladigan xizmatlar ro‘yxati kengaytirildi.

“Soliq” mobil ilovasining ahamiyati

Bugungi kunda hisobvaraq-faktura va kassa cheklari 100 foiz elektron shaklda rasmiylashtirmoqda. Bu ma’lumotlar hisobotlarda avtomatik aks etib, avtomatlashtirish darajasini oshirishda eng muhim vosita bo‘ldi.

Soliq to‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan elektron xizmatlarning sodda va qulay bo‘lishini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan “Soliq” mobil ilovasidan ham jismoniy, ham yuridik shaxslarning birday foydalanish imkoniyati yaratildi. Hozir tadbirkor, fuqaro “Soliq” mobil ilovasidan foydalanib, dunyoning qaysi burchagida bo‘lishidan qat’iy nazar, o‘z majburiyatini bajarishi mumkin.  

Korxona rahbari yoki ta’sischi butun boshli biznesining buxgalteriyasi qanday ishlayotganini kuzatib borishi, qonuniy ishlayotgan biznes hamkorlarni tanlashi mumkin. Bu esa o‘zaro ishonchli va mustahkam hamkorlik garovidir. O‘tgan yil dekabr oyining o‘zida ushbu ilovadan 115 mln. martadan ko‘p foydalanilgan.

Теги :
Jamiyat
Iqtisodiyot