$
 11934.61
-17.49
 13788.05
8.47
 144.64
-0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Oila a‘zolarini “propiska”ga qo‘yishda uy-joy maydoni bo‘yicha cheklovlar bekor qilinadi

Propiska

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida fuqarolarni yashash hamda turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish tizimini takomillashtirish va engillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi va qabul qilindi. Quyi palata matbuot xizmati bergan ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu hujjat amaldagi ko‘plab ma’muriy to‘siqlarni olib tashlashni nazarda tutadi.

Turar joy maydoni normasi bo‘yicha cheklovlar bekor qilinmoqda

Yangi qonun loyihasida oila a’zolari va yaqin qarindoshlarni turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga qo‘yishda uy-joy maydonining ijtimoiy normasiga nisbatan qo‘llaniladigan cheklovlarni bekor qilish taklif etilmoqda. Amaldagi tartibga kiritilayotgan ushbu o‘zgartirishga ko‘ra, er-xotin, ota-ona va ularning farzandlari, buva-buvi hamda nevaralar, shuningdek, aka-uka va opa-singillar bir-birining xonadoniga ro‘yxatdan o‘tayotgan vaqtda turar joy maydoni belgilangan ijtimoiy me’yordan kam bo‘lgan taqdirda ham, ularni ro‘yxatga olishga ruxsat beriladi.

Shu bilan birga, oliy ta’lim muassasalari talabalar turar joylarida istiqomat qilayotgan talabalarni ro‘yxatga qo‘yish jarayonida ham uy-joy maydonining ijtimoiy normasi haqidagi talab ilova qilinmasligi belgilab qo‘yilmoqda.

Ijtimoiy xizmatlardan foydalanishdagi muammolarga yechim

Bugungi kunda ipoteka krediti yoki davlat subsidiyasi hisobidan uy-joy xarid qilgan ayrim fuqarolar o‘zlari xarid qilgan ko‘chmas mulkka ro‘yxatdan o‘tish jarayonida muayyan qiyinchiliklarga duch kelayotgani kuzatilmoqda. Amaliyotdagi bunday to‘siqlar fuqarolarning farzandlarini maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda umumta’lim maktablariga joylashtirish, hududiy poliklinikalarga biriktirish, pensiya tayinlash va boshqa ijtimoiy xizmatlardan to‘liq foydalanishida murakkabliklarni keltirib chiqarmoqda. Qabul qilinayotgan qonun loyihasi aynan shu kabi maishiy va ijtimoiy muammolarni bartaraf etishga qaratilgan.

Taqiqdagi uy-joylar va taraflarning huquqiy kafolatlari

Loyiha bilan kiritilayotgan yana bir muhim qoida sud, bank yoki Majburiy ijro bürosi tomonidan taqiq va xatlov qo‘yilgan uy-joylarga taalluqlidir. Hujjatga ko‘ra, bunday ko‘chmas mulk ob’ektlarida uy egasi (mulkdor) hamda uning yaqin qarindoshlarini ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonida garovga oluvchi tashkilot yoki taqiq qo‘ygan vakolatli organlar — bank, sud hamda MIBning roziligini olish talab etilmaydi.

Bunda asosiy shart sifatida ro‘yxatdan o‘tayotgan fuqaroning oldindan bergan yozma roziligi olinishi belgilangan. Agar garovga oluvchi shaxs yoki taqiq qo‘ygan tegishli vakolatli organ rasman murojaat qilsa, ushbu xonadonga ro‘yxatdan o‘tgan shaxsning ro‘yxati bekor qilinishi mumkin.

Теги :
Jamiyat