$
 12109.02
75.74
 14139.70
78.81
 150.31
1.01
weather
+26
Кечаси   +14°

Kundan kunga oshayotgan narx: Bozorda propan bo‘yicha sun’iy tanqislik shakllantirilyaptimi?

Propan

O‘zbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasida (O‘zRTXB) propan narxi oshishda davom etmoqda. Bu savdo maydonchasi ma’lumotlaridan ma’lum bo‘ldi.

Narx

8-yanvar kuni suyultirilgan gaz narxi 7,1 foizga oshib, bir tonnasi uchun 9,27 mln so‘mdan ortiqqa yetdi. Yil boshidan beri propan 14,7 foizga yoki qariyb 1,2 mln so‘mga qimmatlashdi.

Shu bilan birga, taklif hajmi o‘tgan yil oxiriga nisbatan keskin qisqardi. Xususan, payshanba kuni propan savdosi 1991 tonnani tashkil etdi, bu 2025-yil 30-dekabrdagiga nisbatan 16,7 foiz kam.

11-dekabrdan buyon propan narxi 28 foizdan ortiqqa oshdi. Natijada bir oydan kam vaqt ichida bir tonna suyultirilgan gaz qariyb 2 mln so‘mga qimmatlashgan.

Iqtisodchi fikri

Iqtisodchi Otabek Bakirovning qayd etishicha, yil boshidan AYoQSHlarda chakana narxlar 6100−6200 so‘mdan 6800−7000 so‘mgacha oshgan. Uning fikricha, bozorda propan bo‘yicha sun’iy tanqislik shakllanayotgan bo‘lishi mumkin.

Izoh berilmadi

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi propanning birja narxlari keskin oshishi yuzasidan izoh berganicha yo‘q.

Теги :
Jamiyat