$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Narxlar “osmonda”: O‘zbekistonda yonilg‘i mahsulotlari qimmatlashmoqda

AYOQSh

O‘zbekistonda propan va AI-80 benzini narxi yonilg‘i quyish shoxobchalarida keskin qimmatlashgan.  

Propan va benzin narxlarining o‘zgarishi

Ma’lumotlarga ko‘ra, 5-iyun holatiga propanning 1 tonnasi 5 mln. 320,4 ming so‘mdan sotilgan bo‘lsa, bu 5-noyabrga kelib 10 mln 186 ming so‘mgacha qimmatlashgan. Ya’ni 5 oy davomida ushbu mahsulot bahosi 91,4 foizga oshgan. Statistik ma’lumotlar esa propan narxi oktyabr oyida 1,2 foizga, yillik hisobda 32,7 foizga qimmatlashganini ko‘rsatmoqda. Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov propanning birjadagi narxlari keskin qimmatlab ketganini propan-butan ishlab chiqarish yetarli darajada oshmagani, propanda harakatlanuvchi avtotransportlar soni esa 1,57 baravar ko‘paygani bilan tushuntirgan.

AI-80

Rasmiy e’lon qilingan ma’lumotlarda 5-noyabr holatiga AI-80 benzinining 1 tonnasi 9 mln. 998 ming so‘mgacha qimmatlashganini ko‘rish mumkin. Taqqoslash uchun, o‘tgan yilning mos davrida o‘tkazilgan savdolarda ushbu markadagi benzinning har tonnasi 7 mln. 375 ming so‘mdan sotilgan. Bir yil davomida birja narxlari 26,2 foizga oshgan.

Теги :
Iqtisodiyot