$
 12175.34
4.67
 14063.74
15.14
 154.29
1.99
weather
+26
Кечаси   +14°

Bozor narxini endi telefon orqali bilish mumkin

Food price

Kuni kecha “Respublikada oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.

“O‘zbekiston-2030”

Farmon bilan O‘zbekistonning oziq-ovqat xavfsizligi va sog‘lom ovqatlanishni ta’minlashning 2030 yilgacha mo‘ljallangan strategiyasi tasdiqlandi. Unda oziq-ovqat xavfsizligi va sog‘lom ovqatlanishni ta’minlash hamda aholining barcha qatlamlari sog‘lom va faol hayot kechirishi uchun tabiiy, moliyaviy va moddiy resurslardan foydalanishning samarali iqtisodiy va ekologik boshqaruv tizimlarini joriy qilish Strategiyaning ustuvor yo‘nalishlaridan biri etib belgilandi.

Yangi platforma

Shuningdek, 2025 yil yakunigacha oziq-ovqat xavfsizligi va iste’moli sohasida salohiyatni barqaror rivojlantirish, xavf-xatarlarni aniqlash, baholash, boshqarish va monitoringini yuritish hamda xavf-xatarlar to‘g‘risida erta xabardor qilishni tashkil etish maqsadida yaxlit idoralararo Milliy axborot platformasi ishlab chiqiladi.

Unda nimalar bo‘ladi?

Unga ko‘ra, 2025 yilning 1 martigacha qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari hamda ularning bozordagi narx-navolari to‘g‘risidagi doimiy, ishonchli va aniq ma’lumotlar bilan ta’minlaydigan “Elektron agrosanoat bozori” axborot tizimi ishga tushiriladi va Milliy axborot platformasi bilan integratsiyasi qilinadi.

Bozorlar standartlashishi mumkin

Mazkur platforma ishga tushsa, respublikaning barcha hududlardagi bozorlarda narxlar standartlashishiga erishish mumkin. Bu esa o‘z navbatida bozorlarda narxlarni o‘z boshimchalik bilan oshirib olishini oldini olishga yordam beradi. Bundan tashqari, narx-navoning standart tarzda o‘zgarishini barcha birgina telefon orqali bilib olish imkonini beradi.

Теги :
Jamiyat