$
 12105.56
-24.45
 14232.51
-12.97
 152.56
-0.48
weather
+26
Кечаси   +14°

Dunyoning TOP-10 eng boy prezidentlari

Boy prezidentlar

Dunyo yetakchilarining maoshlari bir-biridan keskin farq qiladi — kamtarin miqdorlardan tortib haqiqatan ham ulkan summalargacha. Biroq ularning rasmiy daromadlari hamisha ham real boyligini aks ettirmaydi. Ko‘plab prezident va bosh vazirlar hokimiyatga allaqachon katta kapital bilan kelgan bo‘lsa, ayrimlari lavozim imkoniyatlaridan foydalanib, o‘z boyliklarini yanada oshirgan.

Ushbu materialda dunyoning eng badavlat 10 nafar prezidenti reytingi va ularning boyligi tafsilotlari keltiriladi.

1. Vladimir Putin — 258 milliard dollar

В Кремле ответили на вопрос о дате прямой линии Путина — РБК

Rossiya prezidentining rasmiy maoshi nisbatan kamtarin bo‘lsa-da, mustaqil tergovlar va sobiq g‘arb moliyachilarining bayonotlari uning ulkan yashirin boylikka egaligini ko‘rsatadi. Taxminlarga ko‘ra,banklar aktivlari, investitsiyalar va strategik kompaniyalardagi ulushlar orqali tarqatilgan bo‘lib, ular rasmiy ravishda uning nomiga rasmiylashtirilmagan. Aynan shu omillar - norasmiy hisob-kitoblarga ko‘ra Putin dunyodagi eng boy yetakchi.

2. Donald Tramp — 6,1 milliard dollar

Picture background

AQSh tarixidagi eng boy prezident. Donald Trampning boyligi siyosatga kirishidan ancha oldin shakllangan — ko‘chmas mulk, mehmonxonalar, golf-klublar va media-aktivlar hisobiga. Hokimiyatga qaytgach, Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, uning kapitali yana keskin o‘sdi va Trampning dunyoning eng badavlat yetakchilari orasidagi o‘rnini mustahkamladi.

3. Kim Chen In — 5 milliard dollar

Picture background

G‘arb razvedka xizmatlari ma’lumotlariga ko‘ra, Shimoliy Koreya yetakchisi Xitoy, Yevropa va Rossiyada joylashgan keng tarmoqdagi xorijiy hisoblar va aktivlarni nazorat qiladi. Uning kapitalining katta qismi mamlakatdan tashqarida saqlanadi hamda tabiiy resurslar eksporti, harbiy mahsulotlar va hukmron elita to‘liq nazorat qiladigan davlat jamg‘armalari bilan bog‘liq.

4. Si Szinpin — 1,5 milliard dollar

Picture background

Xitoy raisi rasman kamtarin turmush tarziga sodiq ekanini ta’kidlaydi. Biroq tergovlar shuni ko‘rsatadiki, uning oila a’zolari hokimiyatga kelishidan ancha oldin to‘plangan, jumladan ko‘chmas mulk va turli bizneslarni o‘z ichiga olgan yirik aktivlarga ega.

5. Teodoro Obiang Ngema Mbasogo — 940 million dollar

Picture background

1979-yildan beri Ekvatorial Gvineya boshqarib kelayotgan Teodoro Obiang Ngema Mbasogoning boyligi mamlakatning neft daromadlari bilan bog‘liq, shu bilan birga aholining aksariyati qashshoqlikda yashaydi. Xalqaro tashkilotlar bir necha bor uning boylik manbalarini ochiqlashni so‘ragan, ammo u bunday ma’lumotlarni taqdim etmagan.

6. Ilhom Aliyev — 500 million dollar

Picture background

Ozarbayjon prezidenti rasmiy maoshi bo‘yicha nisbatan kam daromad oladi, biroq Aliyevlar oilasi katta xorijiy ko‘chmas mulk va biznes aktivlariga egaligi bilan tanilgan. Pandora Papers va boshqa tergovlar uning yaqin doirasini London va Dubaydagi elita darajadagi ko‘chmas mulklar bilan bog‘laydi. Boyligi haqidagi baholar turlicha bo‘lsa-da, ko‘pincha 500 million dollarga yaqin summa tilga olinadi.

7. Rejep Tayyip Erdog‘an — 500 million dollar

Picture background

Turkiya prezidenti Istanbul meri lavozimidan davlat rahbari darajasigacha yetib kelgan. Uning boyligi yuzasidan bahslar davom etadi: rasmiy ma’lumotlar cheklangan, biroq mustaqil manbalar Erdog‘anning kapitalini qariyb yarim milliard dollar deb baholaydi va uni oilaviy fondlar hamda turli biznes tuzilmalar bilan bog‘laydi.

8. Pol Kagame — 500 million dollar

2000-yildan beri Ruanda prezidenti. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat iqtisodiyotining muhim qismi hokimiyat partiyasi bilan bog‘liq Crystal Ventures kompaniyasi orqali nazorat qilinadi. Kompaniya aviatsiya, ko‘chmas mulk va sanoat sohalarida faoliyat yuritadi. Kagame boyligi taxminan 500 million dollar deb baholanadi.

9. Siril Ramafosa — 450 million dollar

Dunyodagi eng badavlat demokratik yo‘l bilan saylangan yetakchilardan biri. Janubiy Afrika Respublikasining amaldagi prezidenti siyosatga kirishidan oldin, biznes, investitsiyalar va MTN hamda Coca-Cola kabi yirik xalqaro korporatsiyalardagi rahbarlik lavozimlari orqali boylik to‘plagan.

10. Uilyam Ruto — 400 million dollar

Picture background

Keniya prezidenti asosan ko‘chmas mulk va mehmonxona biznesi orqali boylik orttirgan. Uning yirik mehmonxonalari, yer maydonlari va sug‘urta kompaniyalaridagi ulushlari mavjud. Avvalgi yetakchi bilan taqqoslaganda boyligi kamroq bo‘lsa-da, Ruto Afrikaning eng badavlat rahbarlaridan biri hisoblanadi.

Теги :
Jamiyat