$
 12739.95
7.39
 14191.03
9.5
 139.14
-0.23
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonga Germaniya kansleri ortidan Rossiya Federatsiyasi delegatsiyasi keldi — tashriflar orasida bog‘liqlik bormi?

Shavkat Mirziyoyev

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18-sentyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisining o‘rinbosari Vitaliy Savelev, Rossiya Prezidenti maslahatchisi Igor Levitin va "Rossiyskiye jeleznie dorogi" kompaniyasi boshqaruvi raisi Oleg Belozyorovdan iborat delegatsiyani qabul qildi.

Transport sohasidagi sherikchilikni mustahkamlash 

Prezident matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, uchrashuv avvalida Rossiya delegatsiyasi a’zolari davlatimiz rahbariga Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazgan. Uchrashuvda joriy yilning 26—28-may kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi uchrashuvlarda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, ma’lumotda qayd etilishicha, mintaqada samarali transport yo‘laklarini rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlar ko‘rishga alohida e’tibor qaratilib, Transport sohasida sanoat kooperatsiyasi loyihalarini jadallashtirish, avtomobil, temir yo‘l va aviatsiya yo‘nalishlarida sheriklikni yanada kengaytirish, yuqori malakali muhandis kadrlar tayyorlash muhimligi qayd etilgan.

Olaf Sholsning tashrifi

Bundan bir kun avval Germaniya kansleri Olaf Shols 15—17-sentyabr kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekiston va Qozog‘istonda bo‘lib, mamlakatlar rasmiylari bilan muzokaralar o‘tkazgan edi, 17-sentyabrda esa Ostonada ikkinchi “Markaziy Osiyo - Germaniya” sammiti bo‘lib o‘tgandi. Unda Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev raisligida o‘tgan tadbirda Germaniya federal kansleri Olaf Shols, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon va Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov ham qatnashgandi.

Devid Kemeron bosh vazir qarorgohidan ko'chib chiqib ketmoqda — Daryo  Yangiliklari

Ittifoqdoshlaridan uzoqlashtirish

Qiziqarlisi, joriy yilning 22—26-aprel kunlari Buyuk Britaniyaning o‘sha vaqtdagi tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron barcha Markaziy Osiyo davlatlariga birin-ketin tashrif buyurganidan so‘ng, 26-aprel kuni Rossiya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Galuzin Toshkentda O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bilan uchrashgandi. Uchrashuvdan so‘ng matbuotga bayonot bergan Galuzin Kemeronning O‘zbekistonga tashrifi Rossiyaga maksimal darajada zarar yetkazishga va uni ittifoqdoshlaridan uzoqlashtirishga qaratilganini ta’kidlagandi.