Shanba, 24-oktabr, 2026
Havo 68 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +11° kechasi +6°

Shavkat Mirziyoyev Ostonadagi sammitda O‘zbekistonga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan omillar haqida gapirdi

17-sentyabr kuni O‘zbekiston prezidenti Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan “Markaziy Osiyo – Germaniya” ikkinchi sammitida ishtirok etgandi. Prezident matbuot xizmati davlat rahbarining sammitdagi nutqi matnini e’lon qildi.

1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Ostonadagi sammitda O‘zbekistonga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan omillar haqida gapirdi

Kuni kecha O‘zbekiston prezidenti Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan “Markaziy Osiyo – Germaniya” ikkinchi sammitida ishtirok etib qaytdi. Sammitdagi nutqi davomida prezident O‘zbekistonga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan omillarga to‘xtaldi. 

Sheriklikni kengaytirish

Shavkat Mirziyoyev avvalo samimiy qabul va uchrashuvimizni yuksak darajada tashkil etgani uchun Qozog‘iston Respublikasi Prezidentiga minnatdorchilik bildirgan va Germaniya Federal Kanslerining mintaqa mamlakatlari bilan ko‘p qirrali sheriklikni kengaytirish tarafdori ekani uchun tashakkur izhor qilgan. davlat rahbari bunday formatdagi uchrashuvlarni muntazam o‘tkazib borishdan tomonlar manfaatdor ekanini bildirgan. 

“Biz Germaniyaning mamlakatlarimizda olib borilayotgan demokratik o‘zgarishlar va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni, Markaziy Osiyodagi hamkorlik va integratsiyani qat’iy hamda o‘zgarmas qo‘llab-quvvatlashini yuksak qadrlaymiz”, degan prezident.

Salbiy ta’sirlar omili

Prezident Mirziyoyev global miqyosdagi beqarorlik, sanksiyalar siyosati kabilar mamlakatlarga keragidan ortiq darajada salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani haqida to‘xtaldi. 

“Mojarolar va urushlar, umuman, global miqyosdagi beqarorlik va vaziyat qaysi tomonga o‘zgarishi noaniq bo‘lib qolayotgani, sanksiyalar siyosati, proteksionizmning kuchayishi va boshqa ko‘plab omillar mamlakatlarimizga haddan tashqari salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda, milliy islohotlarimizni amalga oshirishda jiddiy sinovga aylanmoqda”, deydi prezident.