$
 12739.95
7.39
 14191.03
9.5
 139.14
-0.23
weather
+26
Кечаси   +14°

Markaziy Osiyo yetakchilari Qozog‘istonda yig‘ilmoqda

Prezident samoliyoti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun tongda Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan ikkinchi “Markaziy Osiyo - Germaniya” sammitida ishtirok etish uchun Ostona shahriga yetib bordi. Ostona xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Qozog‘iston Bosh vaziri Oljas Bektenov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Sammitda nimalar muhokama qilinadi?

Sammitda mintaqa mamlakatlarining Germaniya bilan ko‘p qirrali hamkorligini yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish masalalari muhokama qilinadi. Shuningdek, unda savdo-iqtisodiyot, investitsiya, texnologiyalar, transport-kommunikatsiya va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda amaliy hamkorlikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratiladi. Bundan tashqari, Germaniyaning yetakchi kompaniya va banklari rahbarlari bilan qo‘shma uchrashuv o‘tkazish rejalashtirilgan.

Birinchi sammit

“Markaziy Osiyo – Germaniya” formatidagi birinchi sammit o‘tgan yilning 29-sentyabr kuni Berlin shahrida o‘tkazilgan edi. Shavkat Mirziyoyev Berlin shahrida Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchilarining Germaniya Federal Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer bilan uchrashuvida ishtirok etib, ikki tomonlama uchrashuvda mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qilgandilar. Shuningdek, davlat rahbari Germaniya iqtisodiyoti Sharqiy qo‘mitasi shafeligida tashkil etilgan Iqtisodiy forumda ham qatnashadi.