$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

Mirziyoyev “katta sakrash” bo‘lgan sohalar haqida gapirdi

Prezident

Bugun, 7-fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish bo‘yicha asosiy vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Aholi daromadi va to‘lov qobiliyati 2 karra o‘sgan

Yig‘ilishda uch yil oldin qabul qilingan xizmatlar sektorini rivojlantirish bo‘yicha katta dastur bugun natijasini berayotgani ta’kidlangan. Ma’lum qilinishicha, qo‘shimcha 1,5 million aholi servis sohasida doimiy daromadga ega bo‘lgan. Xizmatlar 2018-yildagi 19 milliarddan 65 milliard dollarga oshgan (o‘sish – 3,5 barobar). Ayniqsa, IT, moliyaviy xizmatlar, turizm, aviatsiya, ta’lim va tibbiyot sohalarida “katta sakrash” bo‘lgani alohida ta'kidlangan. So‘nggi yetti yilda aholi daromadi va to‘lov qobiliyati 2 karra o‘sgani natijasida aholida yangicha xizmat va servis turlariga talab ortgan.  

“Katta sakrash” bo‘lgan sohalar

Yuqoridagilarga mos ravishda vazirlar va hokimlar talabga mos ravishda xizmatlarni rivojlantirishi kerakligi qayd etiladi. Ayniqsa, IT, moliyaviy xizmatlar, turizm, aviatsiya, ta’lim va tibbiyot sohalarida “katta sakrash” bo‘lgani ta’kidlangan. So‘nggi yetti yilda aholi daromadi va to‘lov qobiliyati 2 karra o‘sgani natijasida aholida yangicha xizmat va servis turlariga talab ortayotgani, shunga yarasha vazirlar va hokimlar talabga mos ravishda xizmatlarni rivojlantirishi kerakligi qayd etilgan.

Теги :
Jamiyat