$
 12208.08
32.74
 14116.20
52.46
 155.00
0.71
weather
+26
Кечаси   +14°

2025-yil 7-fevralning eng muhim voqealari dayjesti

positive-25-2-7

Yoshlarga xalqaro sertifikat beradigan tadbirkorlar birinchi yil ijara to‘lamaydi

Prezident raisligida o‘tayotgan yig‘ilishda kreativ sohalar – IT, turizm, loyiha, dizayn, injiniring kabi xizmatlarni rivojlantirish bo‘yicha aniq ish va natija kerakligi qayd etildi. Yoshlarni IT va chet tiliga o‘qitib, xalqaro sertifikat beradigan tadbirkorlar birinchi yil ijara to‘lamaydi. Buning hisobiga bu yil har bir viloyatda 5 tadan davlat obyektini tadbirkorlarga ijaraga berib, kamida 100 ming yoshlarni IT va chet tiliga o‘qitish zarurligi ta’kidlandi. Yangi farmonga ko‘ra, 1-martdan 6 oy davomida sotilmagan 10 ming kvadratgacha bo‘lgan davlat obyektlari tadbirkorlarga 10-yilga to‘g‘ridan to‘g‘ri ijaraga beriladi. To‘rt yil davomida ijara vaqtida to‘lansa, bu joy tadbirkorga xususiylashtirib beriladi. tadbirkorlar birinchi yil ijara to‘lamasligi belgilandi.

Ramazon sabab O‘zbekiston – Qirg‘iz Respublikasi o‘rtasidagi uchrashuv vaqti o‘zgardi 

O‘zbekiston milliy terma jamoasi 20-mart kuni Jahon chempionati 2026 saralash bosqichi doirasida Qirg‘iz Respublikasiga qarshi bahs olib boradi. Ramazon oyi munosabati bilan muxlislarga qulaylik yaratish maqsadida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi uchrashuv vaqtini o‘zgartirish bo‘yicha OFKga so‘rov yubordi. So‘rov qanoatlantirilib, o‘yin 20 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:15 ga ko‘chirildi.

O‘zbekistonning Islandiyadagi ilk elchisi tayinlandi

O‘zbekistonning Islandiyadagi birinchi Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Ravshan Usmonov bugun, 7-fevral kuni Islandiya Prezidenti Xalla Tomasdottirga ishonch yorliqlarini topshirdi. Ravshan Usmonov Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti va Birmingem universiteti (Buyuk Britaniya)ni bitirgan. 2000-yildan tashqi siyosat bo‘limida ish boshlagan, markaziy apparatda va O‘zbekistonning Ispaniyadagi elchixonasida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. Keyin u Tashqi ishlar vazirligining Yevropa davlatlari va NATO bilan hamkorlik bo‘yicha direksiyasini boshqargan. Fransiyadagi elchi, shuningdek, Italiya va Portugaliyadagi o‘rindoshlik asosidagi elchi lavozimida faoliyat ko‘rsatgan. 2018-yildan 2023-yilgacha Usmonov O‘zbekistonning Malayziyadagi elchisi bo‘lib ishlagan. U ayni paytda Buyuk Britaniyadagi elchi ham hisoblanadi.

Orol madaniyati sammiti bo‘ladi

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi axborotiga ko‘ra, Qoraqalpog‘istonning Nukus shahrida 2025-yilning 4−6-aprel kunlari ilk bor Orol madaniyat sammiti o‘tkaziladi. 2025-yil 4-aprel kuni sammitning bo‘lajak qarorgohi, sobiq istirohat bog‘i va Nukusdagi kam sonli yashil hududlardan biri hisoblanmish “Istiqlol” maskanini qayta tiklash bo‘yicha ko‘p bosqichli bosh rejasi taqdim etiladi. Ushbu ko‘p yillik loyihaning birinchi bosqichi Qoraqalpog‘iston poytaxti Nukus shahridagi sobiq “Istiqlol” istirohat bog‘ini qayta tiklashga qaratiladi. Sammit har 18 oyda bir marotaba o‘tkaziladi va Qoraqalpog‘istonning barqaror rivojlanishi uchun ekologik, ijtimoiy va madaniy yechimlarni topish uchun mahalliy va xalqaro faollar, rassom va olimlarni birlashtiradi.

Теги :
Jamiyat