$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

2025-yil 6-fevralning eng muhim voqealari dayjesti

6-fevral dayjesti

Malayziyaning islom san’atiga oid nodir kolleksiyasi O‘zbekistonda namoyish etiladi

 O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi matbuot xizmati xabar berishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasida madaniy hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan tashabbusi, Malayziya Islom san’ati muzeyi rahbariyati tomonidan to‘liq qo‘llab-quvvatlandi. Xabarga ko‘ra, O‘zbekistonda ushbu muzeyning noyob eksponatlarini namoyish etishga bag‘ishlangan maxsus ko‘rgazmalari tashkil etiladi. Ko‘rgazmada mamlakatimiz tarixi bilan bog‘liq noyob islom madaniyati asarlari namoyish qilinadi.

O‘zbekiston Prezidenti Malayziya Islom san’ati muzeyida saqlanayotgan noyob artefaktlar, xususan, mamlakatimiz tarixi bilan bog‘liq madaniy meros namunalari, qadimiy qo‘lyozmalar, betakror miniatyuralar va tarixiy ashyolar bilan tanishdi.

Shuningdek, muzeyda Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Imom Termiziy nomidagi xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari hamda O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan nashr etilgan kitoblar ko‘rgazmasi ham tashkil etildi.

O‘zbekiston va Somali o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi

5-fevral kuni Nyu-York shahrida O‘zbekiston va Somali o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma kommyunike imzolandi, deb xabar berdi “Dunyo” agentligi.

Ikki mamlakat hukumatlari nomidan hujjatni O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili Ulug‘bek Lapasov va Somalining BMTdagi doimiy vakili Abukar Dahir Usmon imzoladi.

Tomonlar xalqaro tashkilotlar, jumladan, BMT va uning ixtisoslashgan institutlari doirasida hamkorlikni kuchaytirishga tayyor ekanini tasdiqladi.

Siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikning o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarini topish maqsadida ikki tomonlama aloqalarni faollashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Mazkur hujjatning imzolanishi O‘zbekiston bilan Afrika davlatlari o‘rtasidagi hamkorlikni faollashtirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi, deyiladi agentlik xabarida. Qayd etilishicha, Somali Federativ Respublikasi O‘zbekiston bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgan 157-davlatga aylandi.

Misr va O‘zbekiston o‘rtasida muntazam aviaqatnovlar amalga oshiriladi

Misrning “Red Sea Airlines” aviakompaniyasiga O‘zbekistonga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berildi, deya xabar bermoqda “O‘zaviatsiya” agentligi matbuot xizmati.

“O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan O‘zbekiston va Misr o‘rtasida havo qatnovi to‘g‘risidagi hukumatlararo Bitimga asosan 2025 yil 4 fevralida “Red Sea Airlines” aviakompaniyasiga O‘zbekistonga Sharm-El-Sheyh-Toshkent-Sharm-El-Sheyh yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlarini amalga oshirish ruxsatnomasi rasmiylashtirib berildi.

Avtobuslarda kunlik tashiladigan yo‘lovchilar soni yana bir rekordni qayd etdi

Avtobuslarda kunlik tashiladigan yo‘lovchilar soni rekord darajada oshdi. Bu haqda “Toshshahartarnsxizmat” AJ axborot xizmati xabar berdi.

2025-yil 5-fevral kuni avtobuslardagi bir kunda tashilgan yo‘lovchilar soni 1 410 549 nafarga yetdi. Yo‘lovchi oqimi o‘tgan yilning mos davrga nisbatan 39,3 %ga oshdi. Solishtirish uchun, 2024-yil 5-fevral holatida 1 012 544 yo‘lovchi tashilgan edi. Dekabr-yanvar oylarida jamoat transportida ATTO transport va virtual kartalari orqali 88,5 million sayohat amalga oshirilgan edi. Yo‘lovchilar 1 yil mobaynida almashish tariflari orqali - 19,06 mlrd. so‘m tejagan.

Теги :
Jamiyat