$
 12998.91
13.9
 13439.57
154.61
 131.29
1.45
weather
+26
Кечаси   +14°

2025-yil 5-fevralning eng muhim voqealari dayjesti

positive-25-2-5

O'zbekistonlik olimlarga noyob kitobdan foydalanish imkoniyati yaratildi

Kuala-Lumpurda boʻlib oʻtgan “Madaniy meros: Oʻzbekiston va Malayziya oʻrtasidagi koʻprik” mavzusidagi xalqaro davra suhbatida ikki mamlakatning islom sivilizatsiyasini oʻrganishga ixtisoslashgan yetakchi tadqiqotchilari va ekspertlarini birlashtiradigan qoʻshma Oʻzbekiston-Malayziya ilmiy jamiyati tashkil etilishi ma'lum qilindi. Maʼlum boʻlishicha, tashkilotga Oʻzbekiston tomonidan Islom sivilizatsiyasi markazi, Malayziya tomonidan esa Islom tafakkuri va sivilizatsiyasi xalqaro instituti rahbarlik qiladi. Ekspertlar kengashining birinchi yigʻilishi Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining rasmiy ochilishi arafasida boʻlib oʻtadi. Oʻzbekiston Prezidentining islom madaniyatini asrab-avaylash va buyuk allomalar merosini oʻrganishga qoʻshgan hissasini qoʻllab-quvvatlash maqsadida tadbirda Malayziya tomoni oʻzbekistonlik tadqiqotchilarga 100 000 dan ortiq qoʻlyozma va nodir nashrlardan elektron foydalanish imkonini beruvchi maxsus sertifikat taqdim etdi.

Sog‘liqni saqlash vazirligiga yangi vakolatlar berilishi kutilmoqda

Oliy Majlis deputatlari 4-fevral kuni aholi o‘rtasida yod yetishmasligi kasalliklarining oldini olish tizimini takomillashtirilishga qaratilgan qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda qabul qildi. Ushbu qonun loyihasi bilan Sog‘liqni saqlash vazirligiga osh tuzini va oziq-ovqat mahsulotlarini yodlash uchun foydalaniladigan tarkibida yod bo‘lgan preparatlarni, ularga qo‘yiladigan talablarni, osh tuzini va oziq-ovqat mahsulotlarini yodlashga, yodlangan tuzni ishlab chiqarishga, tashishga, saqlashga va realizatsiya qilishga qo‘yiladigan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarini belgilash hamda uning nazoratini olib borish vakolatlari belgilanmoqda.

Qozog‘iston va O‘zbekiston sanoat kooperatsiyasi markazi tashkil etish to‘g‘risidagi kelishuvga erishdi

Qozog‘iston Majlisi O‘zbekiston bilan sanoat kooperatsiyasi markazi tashkil etish to‘g‘risidagi kelishuvni ma’qulladi. "Markaziy Osiyo" sanoat hamkorlik markazi Qozog‘istonning "Otamakon" va O‘zbekistonning "Guliston" nazorat-o‘tkazish punktlari yaqinida joylashadi. U yerda ishlab chiqarish maydonlari, omborlar va transport infratuzilmasi tashkil etiladi. Bu markaz yuk tashishni tezlashtirib, "Shimol-Janub" transport yo‘lagini yanada rivojlantirishga yordam beradi.

Dollar kursi nihoyat pastladi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 6-fevral kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi. Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 13,59 so‘mga tushib, 12 985,32 so‘mni tashkil qildi. Yevro kursi 71,66 so‘mga oshib, 13 511,23 so‘m etib belgilandi. Rossiya rubli 0,93 so‘mga ko‘tarildi va 132,22 so‘mni tashkil qildi.

Теги :
Jamiyat