$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

2025-yil 3-fevralning eng muhim voqealari dayjesti

positive-25-2-3

Davlat chegarasida harakatlanish soddalashtirilmoqda

Hukumat qarori bilan davlat chegarasida jismoniy shaxslarning harakatlanish jarayonlari yanada soddalashtirilmoqda. Unga koʻra, “Elektron navbat” avtomatlashtirilgan axborot tizimidan foydalangan holda, avtotransport vositalarining Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktidan harakatlanish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlangan. Bunda xizmatdan foydalanish uchun vakolatli shaxs Bojxona qoʻmitasining rasmiy veb-sayti yoki navbatlarni boshqarish tizimi joriy etilgan kutish zonalarida navbat olishi mumkin. Avtotransport vositasi navbatlarni boshqarish tizimida belgilangan vaqtda yetib kelmaganda, olingan elektron navbat oʻz kuchini yoʻqotadi. Bundan tashqari, hujjat bilan “Jismoniy shaxslarning Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktidan harakatlanishida “Fast-track” xizmatidan foydalanish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom ham tasdiqlangan. Xizmatdan foydalanganlik uchun toʻlov 18 yoshga toʻlgan har bir jismoniy shaxs uchun navbat olinadigan kundagi BHMning 15 foizi miqdorida toʻlanadi.

Bolalar milliy tibbiyot markazida 3 oylik goʻdakda yangi jarrohlik muolajasi oʻtkazildi

SSVga koʻra, Oʻzbekiston tarixida ilk bor angiovaskulyar usulda abernetti sindromiga qarshi jarrohlik muolajasi oʻtkazildi. Bemor – 3 oylik goʻdak. Ushbu sindrom juda kam uchraydi. Uning oqibatida jigarga kelishi kerak boʻlgan qon yurakka yoʻnaladi va jigar u oʻz vazifasini toʻliq bajara olmaydi. Jigarning qon aylanishini tiklash va kasallikni bartaraf etishga qaratilgan ushbu usul asosida juda kam uchraydigan xastalik muvaffaqiyatli muolaja qilindi. Ayni paytda bemor shifokorlar nazorati ostida muolajalarni davom ettirmoqda.

“AAA” toifadagi tadbirkorlar 45 baravar koʻpaydi

Oʻzbekistonda “AAA” toifadagi tadbirkorlar soni 1 yilda 45 baravar koʻpaydi. 2024-yil yakuni boʻyicha ularga 1,8 trln. soʻm QQS summasi qaytarildi, deb xabar berdi Savdo-sanoat palatasi. “D” toifadagi tadbirkorlar soni esa 2 baravar qisqargan. Maʼlumot uchun, 2024-yilda Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini shakllantirish yoʻlga qoʻyilgandi.

O‘zbekiston dzyudo terma jamoasi Parij "Katta Dubulg‘a" turnirida 7-o‘rinni egalladi

Parij "Katta Dubulg‘a" turnirida uch nafar dzyudochi bilan qatnashgan O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta oltin va 1 ta bronza medali bilan 50 davlat orasida 7-o‘rinni egalladi. Shahram Ahadov turnir oltin medali hamda jahon reytingi uchun qimmatli 1000 ochkoga ega bo‘ldi. Bronza medali sohibi Bahrom Boturov esa 500 reyting ochkosini o‘z hisobiga yozib qo‘ydi. Musobaqa yakunlariga ko‘ra, medallar jamg‘arish bo‘yicha Fransiya terma jamoasi 3 ta oltin, 3 ta kumush, 9 ta bronza medali bilan 1-o‘rinni egalladi. Birinchi kungi bahslardan keyin peshqadamlikni qo‘lga olgan Yaponiya terma jamoasi 3 ta oltin, 3 ta kumush, 5 ta bronza medali bilan 2-o‘rinni band etdi. Koreya Respublikasi 1 ta oltin, 2 ta kumush medal bilan kuchli uchlikka yakun yasab berdi. BAA, Ozarbayjon, Ispaniya, O‘zbekiston, Portugaliya va Kanada terma jamoalari safida ham bir nafardan musobaqa chempion bo‘ldi. Jami 17 davlat Parij "Katta Dubulg‘a" turnirining kamida 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Теги :
Jamiyat