$
 12884.62
-15.29
 13495.35
-12.15
 148.85
2.11
weather
+26
Кечаси   +14°

2025-yil 26-fevralning eng muhim voqealari dayjesti

positive-25-2-26

Pokiston bosh vazirining O‘zbekistonga rasmiy tashrifi yakunlandi

Toshkent xalqaro aeroportida Shahboz Sharifni bosh vazir Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ydi. Bugun Shavkat Mirziyoyev va Shahboz sharif tegishli bayonnoma va hamkorligini yanada rivojlantirish va mustahkamlashga qaratilgan Qo‘shma deklaratsiyani imzoladi. Bundan tashqari, 10 ga yaqin hujjat ham imzolandi. Ularning orasida diplomatlar uchun vizasiz tartib o‘rnatish to‘g‘risidagi bitim ham bor.

O‘zbekiston va Qozog‘iston media sohasida hamkorlik qiladi

25-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov Qozog‘istonning “Tengrinews”, “Massaget”, “Vesti”, “Juldыz FM”, “Tengri FM” va boshqa ko‘plab yetakchi ommaviy axborot vositalarini birlashtirgan “Alash Media Group” xoldingining asoschisi va bosh direktori Zaure Kazibayeva bilan uchrashuv o‘tkazdi. Ta’kidlanishicha, uchrashuvda media sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga oid masalalarning keng doirasi batafsil muhokama qilingan. Qardosh xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini mustahkamlashga bo‘yicha yakdil fikrlar bildirilgan.

Yangi ohak zavodi qurilishiga start berildi

25-fevral kuni Jizzax viloyati, Forish tumanida OKMKda “Yoshlik-I” konini o‘zlashtirish investitsiyaviy loyihasi doirasida Yangi ohak zavodini qurilishiga start berildi. Ushbu Ohak zavodi 1, 2, 3 va 4-mis boyitish fabrikalari, mis eritish zavodlari, rux zavodi, Angren, Chodak hamda Xonjizza kon boshqarmalarini texnologik jarayonlari uchun zarur bo‘lgan reagent — ohak bilan ta’minlaydi. Zavod Xitoy Xalq Respublikasining “Jiangsu Pengfei Group Co. Ltd.” kompaniyasi tomonidan quriladi.

Yangi medali ta’sis etildi

Prezident Farmoniga muvofiq, “Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80 yilligi” esdalik yubiley medali ta’sis etildi. Ushbu medal bilan 1941-1945-yillardagi urush faxriylari, nogironlari hamda mehnat fronti qatnashchilari taqdirlanadi.

Теги :
Jamiyat