$
 12916.18
-13.74
 13523.24
26.99
 147.60
1.35
weather
+26
Кечаси   +14°
uzfood

2025-yil 24-fevralning eng muhim voqealari dayjesti

positive-25-2-24

Abdulaziz Komilov Yevropa kengashi rahbariyati bilan uchrashdi

O‘zbekiston Prezidentining tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maxsus vakili Abdulaziz Komilov Yevropa kengashi Prezidenti kabinet rahbari Pedro Lurti, Ittifoqning tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili Vivian Lunella, shuningdek, Yevropa ittifoqining terrorizmga qarshi kurash koordinatori Bartyan Vegter bilan uchrashuv o‘tkazdi. Qayd etilishicha, Pedro Lurti bilan suhbat chog‘ida joriy yilning 3-4 aprel kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tadigan "Markaziy Osiyo – Yevropa ittifoqi" sammiti doirasida mintaqalararo hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqilgan.

Xorvatiyaga mehnat vizasini olish tartibi soddalashtirilmoqda

TIV, IIV va Migratsiya agentligi vakillari delegatsiyasining Xorvatiyaga tashrifi doirasida Xorvatiya TIV shtat kotibi Frano Matushich, Demografiya va migratsiya vazirligi shtat kotibi Jelka Yoshich va Mehnat, pensiya, oila va ijtimoiy siyosat vazirligi davlat kotibi Ivan Vidish, shuningdek, kompaniyalar rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazildi. Tomonlar mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalasini ko‘rib chiqdi. Xorvatiya tomoni o‘zbekistonlik malakali mutaxassislarni jalb etishdan manfaatdor ekanligi, mehnat migrantlari uchun ta’lim kurslari, jumladan, xorvat va xorijiy tillarni o‘qitishni tashkil etishga tayyorligini bildirdi. O‘zbekistonliklar uchun mehnat vizalarini olish tartib-taomillarini soddalashtirishga kelishildi. Shu bilan birga, Migratsiya va mobillik masalalari bo‘yicha hukumatlararo bitim birgalikda ishlab chiqiladi.

Humoyun Sultonov ATP reytingida 8 pog‘ona yuqoriladi

Bugun professional tennischilar Assotsiatsiyasi (ATP) haftalik yangi reytingni e’lon qildi. Mamlakatimizning birinchi raketkasi Humoyun Sultonov Puna turniridagi muvaffaqiyatli ishtirok sabab 9 ochkoga ega bo‘ldi va buning natijasida 8 pog‘ona yuqorilab, 221-o‘rinni egallab turibdi. U reyingda o‘zidan yuqorida borayotgan raqiblarini mag‘lub etib, yarim finalga qadar yetib borgandi. Qolgan tennischilarimiz o‘z o‘rinlarini pasaytirib olishdi. Ikkinchi raketkamiz Sergey Fomin 3 ochko yo‘qotishi natijasida 18 pog‘onaga pastlab, 576-o‘ringa tushib ketdi. Maksim Shin 5, Amirbek Milushev 6, Rahimbek Ibrohimov 7 o‘ringa pastlagan. 

2025-yilgi Navro‘z umumxalq bayramining konsepsiyasi ma’qullandi

2025-yilgi Navro‘z umumxalq bayramining g‘oyaviy-badiiy konsepsiyasi ma’qullandi. Qarorga ko‘ra, 2025-yilgi Navro‘z umumxalq bayrami mamlakatimizda “Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!” degan bosh g‘oya asosida umumxalq sayillari shaklida yuqori saviyada keng nishonlanadi. 2025-yilgi Navro‘z umumxalq bayramining g‘oyaviy-badiiy konsepsiyasi ma’qullandi hamda bayramga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tasdiqlandi. Keltirilishicha, bu yilgi Navro‘z bayrami muqaddas Ramazon oyida nishonlanishini inobatga olib, keksa avlod vakillarini, xususan, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va mehnat fronti faxriylarini har tomonlama e’zozlash, “Mehribonlik”, “Saxovat” va “Muruvvat” uylarida yashayotgan shaxslar, ijtimoiy himoya daftarlariga kiritilgan va ko‘makka muhtoj insonlarning holidan xabar olish maqsadida, ular uchun bayram dasturxoni yoziladi hamda turli xayriya tadbirlari o‘tkaziladi.

Теги :
Jamiyat