$
 12957.01
-11.33
 13485.66
-6.6
 132.13
-0.19
weather
+26
Кечаси   +14°

2025-yil 2-fevralning eng muhim voqealari dayjesti

Kun 2-fevral

2025-yilda 2 500 nafar o‘zbekistonlik Litvadagi ishlarga jalb qilinadi

O‘zbekiston delegatsiyasi Litva Ijtimoiy himoya va mehnat vazirligi rahbariyati va tizim tashkilotlari mas’ullari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Litva Ijtimoiy himoya va mehnat vazirligi ish beruvchilardagi vakant lavozimlarning hisobini va xorijiy fuqarolarni ishga yollash bo‘yicha taklifnomalar nazoratini ham amalga oshiradi. Ma’lumot uchun, Litvaga xorijdan jalb qilingan ishchilar soni bo‘yicha hamyurtlarimiz uchinchi o‘rinda turibdi. 2025-yilning 1-yanvar holatiga 9 000 ga yaqin O‘zbekiston fuqarosi ishchi vizalari asosida faoliyat olib bormoqda. Uchrashuvda Litvada O‘zbekistondan boradigan ishchi kuchiga talab borligi, shu yilning o‘zida doimiy ish o‘rinlariga 2000, mavsumiyga kamida 500 nafar jalb qilinishi ta’kidlandi.

O’zbekistonlik sablyachi Tblisida oltin oldi

Samira Shokirova Gruziyadagi Jahon kubogida oltin medalga erishdi. Tbilisi shahrida kechayotgan qizlar o‘rtasidagi bellashuvlarda Shokirova barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratdi:

Samira Shokirova;

Mariyella Viale (Italiya);

Janet Kovash (Vengriya)

Aleksandra Mixaylova (neytral sportchi).

Diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi loyihasi bo‘yicha aholi fikr qabul qilinadi 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida “O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilingandi. Tegishli qaror bilan u keng jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. Konsepsiya 7 ta bob, 41 ta banddan iborat. Unda diniy sohadagi davlat siyosatining maqsadi va unga xizmat qiluvchi 10 ta vazifa belgilangan. Taklif va mulohazalarni qabul qilish muddati — 2025-yil 31-yanvardan 10-fevralgacha.

“Parranda boqish – daromad topish” loyihasi amalga oshiriladi 

O‘zbekistonda “Parranda boqish – daromad topish” loyihasi amalga oshiriladi. Bu haqda chorvachilik va parrandachilikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha prezident qarorida belgilandi. Hujjatga ko‘ra, parrandachilik sohasida aholi xonadonlari bilan kooperatsiya asosida ishlash tizimini moliyalashtirish uchun 2025-yil 1-fevralga qadar Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining50 million AQSH dollari miqdoridagi mablag‘lari “Mikrokreditbank” ATBning ustav kapitalini oshirishga yo‘naltiriladi.

Теги :
Jamiyat