$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

2025-yil 17-fevralning eng muhim voqealari dayjesti

positive-25-2-17

O‘zbekiston prezidenti Quvaytda kutib olindi

Prezident Mirziyoyev Quvayt amiri Mish’al as-Sabohning taklifiga binoan 17-fevral kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga yetib bordi. Prezident matbuot xizmatining xabar qilishicha, Al-Quvayt xalqaro aeroportida davlat rahbarini Amir Shayx Mish’al as-Saboh, Valiahd Shayx Saboh Xolid al-Hamad as-Saboh va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi. O‘zbekiston yetakchisining tashrifi sharafiga faxriy qorovul saf tortdi, davlat bayroqlari ko‘tarildi, ikki mamlakat madhiyalari yangradi. Shavkat Mirziyoyev faxriy qorovul safi oldidan o‘tdi. So‘ng davlat rahbarlari rasmiy delegatsiyalar a’zolari va diplomatik korpus vakillarini qutladi. 

Yengil atletika federatsiyasiga yangi rais saylandi

Olimpiya qo‘mitasi axborot xizmati axborotiga ko‘ra, Akmalxo‘ja Mavlonov Yengil atletika federatsiyasi raisi etib saylandi. Bugunga qadar Akmalxo‘ja Mavlonov Bojxona qo‘mitasi raisi sifatida faoliyat yuritib kelgan. Tayinlov belgilangan yig‘ilishda yengil atletika sport turlarini respublikada yanada ommalashtirish, bu borada mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanish istiqbollari ham muhokama qilingan. Navbatdan tashqari saylov konferensiyasida shuningdek, federatsiya raisining o‘rinbosarlari va bosh kotibi ham saylanib, tashkilotning yangi tahrirdagi ustavi qabul qilingan.

Eldor Shomurodov asosiy tarkibga qaytmoqda

Italiya A Seriaysi 25-turidan o‘rin olgan bahsda “Roma” safarda “Parma” bilan to‘qnash keldi va minimal hisobda mag‘lubiyatga uchradi. Uchrashuvdagi yagona gol jarima zarbasidan kiritildi. Eldor Shomurodovning uzatmasidan so‘ng “Parma” himoyachilari qo‘pollik ishlatishga majbur bo‘ldi. Aynan shu jarima zarbasidan urilgan gol yakunda mehmonlarga 3 ochko olib keldi. O‘zbekistonlik futbolchi ushbu uchrashuvda to‘liq harakat qildi. Sofascore nashri Shomurodovning o‘yinini 7,2 ballga baholadi. “Roma” himoyachisi Chelik portal tomonidan eng yuqori 8,1 ballga loyiq ko‘rildi. Yagona gol muallifi Saule 7,9 ball oldi. Gurna-Duat mehmonlar tarkibida eng past 6,7 ball bilan baholangan. Ushbu g‘alabadan so‘ng, “Roma” o‘z ochkolari sonini 37 taga yetkazdi va chempionat turnir jadvalida 9-o‘rinni egallab turibdi.

Yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha 3 ta muhim hujjat imzolandi

Prezident yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan 3 ta muhim hujjat imzolaganini ma’lum qildi. Birinchi hujjatga ko‘ra, Yoshlar agentligi huzurida jamg‘arma tuzilib, unga 100 million dollar mablag‘ ajratildi. Endi tadbirkor yoshlarga 2,5 milliard so‘mgacha imtiyozli kreditlar beriladi, startap loyihalariga 2 milliard so‘mgacha investitsiya kiritiladi. Ikkinchi qaror bilan, oliy o‘quv yurti bitiruvchilarining bandligini ta’minlash bo‘yicha yangi tizim yo‘lga qo‘yiladi. Buning uchun Milliy bangga 100 million dollar yo‘naltirilib, ularning tashabbus va g‘oyalarini loyihaga aylantirish bo‘yicha bank xizmatlari joriy etiladi. Uchinchi hujjatga ko‘ra, Aloqabank yoshlarning biznes loyihalarini qo‘llab-quvvatlovchi tayanch bangga aylantirilib, unga 200 million dollar beriladi. Aloqabank o‘zini o‘zi band qilgan yoshlarning loyihalari uchun 100 million so‘mgacha 7-yil muddatga imtiyozli mikroqarz ajratadi.

Теги :
Jamiyat