$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

2025-yil 14-fevralning eng muhim voqealari dayjesti

positive-25-2-14

Toshkentda 16 qavatli biznes markazlari va mehmonxona majmuasi quriladi

Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova o‘zining o‘rinbosarlari va mas’ul rahbarlar Griffin Development kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muzokaralar davomida tumanning Glinka ko‘chasida joylashgan 37, 39 va 41-uylar hududida yirik qurilish loyihasini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Ushbu hudud 0,63 gektar maydonni tashkil etib, loyiha doirasida 70 million dollar miqdoridagi xorijiy investitsiya jalb etilishi rejalashtirilgan. Mazkur loyiha doirasida 3 ta 16 qavatli biznes markazi, zamonaviy mehmonxona, maishiy xizmat ko‘rsatish majmualari hamda qulay infratuzilmaga ega turar-joy binolari barpo etilishi ko‘zda tutilgan. Bu esa nafaqat Yakkasaroy tumanining arxitektura qiyofasini yangilashga, balki yangi ish o‘rinlari yaratish orqali aholining bandligini oshirishga ham xizmat qiladi.

O‘zbekistonning Qirg‘iziston va Eronga qarshi o‘yinlari vaqti hamda joyi ma’lum

OFK O‘zbekiston milliy jamoasining JCH-2026 saralashidan o‘rin olgan Qirg‘iziston va Eronga qarshi bahslari vaqti hamda o‘yin joylarini ma’lum qildi. O‘FA Ramazon oyi munosabati bilan muxlislarga qulaylik yaratish maqsadida 21-mart kungi Qirg‘iziston bilan o‘yin vaqtini 21:15ga ko‘chirish borasida so‘rov yuborgandi, OFK esa bellashuvni Toshkent vaqti bilan 21:00ga belgiladi. Shuningdek, 25-mart kuni Eronga qarshi safar bahsi Tehrondagi "Ozodi" stadionida o‘tkaziladigan va bellashuv 21:00da boshlanadigan bo‘ldi. Bungacha forslar siyosiy sabablar tufayli uy o‘yinlarini BAAda o‘tkazishayotgandi.

O‘zbekistonning Litvadagi yangi elchisi tayinlandi

Latviyadagi elchi Timur Rahmonov bir vaqtning o‘zida O‘zbekistonning Litvadagi elchisi etib tayinlandi. U mamlakat prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi. Ma’lumot uchun, O‘zbekiston va Litva o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar 1992-yil 5-avgustda o‘rnatilgan. 2024-fevralida O‘zbekistonning Latviya, Litva, Finlyandiya va Estoniyadagi elchisi Qadambay Sultonov faoliyatini yakunlagandi. Shundan so‘ng Timur Rahmonov shu yil 17-iyun kuni Latviya prezidenti Edgars Rinkevichga ishonch yorliqlarini topshirgan.

O‘zbekiston Rossiya bilan adaptiv sport sohasida hamkorlik qiladi

Ijtimoiy himoya milliy agentligi va A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti o‘rtasida o‘zaro anglashuv va hamkorlik memorandumi imzolandi. Agentlik rahbariyati va universiteti rektori Sergey Valentinovich Tarasov o‘rtasida uchrashuv o‘tkazilib, unda tomonlar inklyuziv va korreksion ta’lim sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash istiqbollarini muhokama qildi. Surdopedagogika, tiflopedagogika, logopediya va oligofrenopedagogika kabi asosiy yo‘nalishlarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Rossiya davlat pedagogika universiteti o‘zining ko‘p yillik tajribasi va ilmiy salohiyati bilan o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, pedagoglarning malakasini oshirish hamda inklyuziv ta’limning xalqaro standartlarini joriy etishda faol ishtirok etadi. Toshkentdagi universitet filiali adaptiv sport bo‘yicha alohida fakultet ochish rejalashtirilmoqda. Ushbu fakultet jismoniy nogironligi bor yoshlarga ishlovchi murabbiy va metodistlarni tayyorlash markaziga aylanishi kutilmoqda.

Теги :
Jamiyat