$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

2025-yil 12-fevralning eng muhim voqealari dayjesti

positive-25-2-12

Husanov Angliya kubogi ramziy jamoasiga kiritildi

Abduqodir Husanov Angliya kubogi 1/16 finali ramziy terma jamoasiga kiritildi. Ramziy jamoaga ko‘ra, o‘zbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanov 7.8 balga loyiq ko‘rildi. Ushbu jamoadan Morgan Rojers, Deyan Kulusevski, Jo Uillok kabi APLning taniqli futbolchilari o‘rin oldi. Eng yuqori balni “Ipsvich” futbolchisi Jo Klark oldi. U 9.8 balga loyiq ko‘rildi. 8-fevral kuni bo‘lib o‘tgan Angliya kubogi 1/16 final bosqichidan o‘rin olgan “Leyton” - “Manchester Siti” o‘rtasidagi o‘yinning 56-daqiqasida zaxiradan bahsga qo‘shilgan Abduqodir Husanov gol urib, hisobni tenglashtirgandi. Husanov hozirga qadar “Manchester Siti” tarkibida 2 ta o‘yin o‘tkazdi va 1 ta gol urdi.

Yangi jamg‘arma tashkil etilmoqda

Shavkat Mirziyoyevning 10-fevral kuni qabul qilingan “Tahliliy va tadqiqotchilik faoliyatini tashkil qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida belgilanishicha, O‘zbekistonda Tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etiladi. Qarorga ko‘ra, Tahliliy va tadqiqot tuzilmalari faoliyatini tashkil qilish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash huzurida Tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etiladi. Bildirilishicha, jamg‘arma mablag‘lari Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasida alohida ochilgan hisobraqamlarda jamlanadi va Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan belgilangan tartibda sarflanadi. Jamg‘arma mablag‘lari maqsadli va samarali sarflanishi ustidan nazorat Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan amalga oshiriladi.

Eron Milliy kutubxonasida O‘zbekiston bo‘limi ochiladi

O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov Eron Milliy kutubxonasi va arxivi direktori G‘ulomirizo Amirxoniy bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi. Ma’lumotga ko‘ra, yaqin Sharqdagi eng yirik kutubxonalardan biri bo‘lgan Eron Milliy kutubxonasida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga bag‘ishlangan xona ochiladi. Unda O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati tomonidan chop etilgan qo‘lyozmalar, nashrlar va kitob albomlari namoyish etiladi. O‘z navbatida, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi binosidan Eron Milliy kutubxonasi va boshqa xalqaro tashkilotlar uchun joy ajratiladi. 1852-yilda tashkil etilgan Eron Milliy kutubxonasida Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Alisher Navoiy kabi buyuk allomalar merosiga oid noyob qo‘lyozmalar saqlanmoqda. 

VII Toshkent xalqaro marafoni bo‘lib o‘tadi

“Yangi O‘zbekiston” bog‘ida VII Toshkent xalqaro marafoni bo‘lib o‘tadi. “Toshkent Marafoni” xalqaro sport tadbiri bo‘lib, Jahon yengil atletika yorlig‘i maqomiga ega va Butunjahon yengil atletika (Xalqaro yengil atletika federatsiyalari assotsiatsiyasi) musobaqalari taqvimiga kiritilgan. Tadbirda fuqaroligidan qat’i nazar, barcha qiziquvchi sportchilar va yugurish ishqibozlari ishtirok etishi mumkin. Ishtirok etish to‘lovi: 100 000 so‘mdan 350 000 so‘mgacha. Bu yil tashkilotchilar kumush, oltin va platina ishtirokchi raqamlari taqdim etish bo‘yicha yangi xizmatni joriy qilgan. Narxi tanlangan masofaga qarab o‘zgaradi — 160 000 so‘mdan 800 000 so‘mgacha.

Теги :
Jamiyat