$
 12715.07
28.36
 14041.25
36.39
 139.71
0.62
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 23-avgustning eng muhim voqealari dayjesti

23, 8

O‘zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlari biznes vakillari bilan uchrashdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev ikki mamlakat ishbilarmonlari bilan uchrashuv o‘tkazdilar.

Tadbirda Ozarbayjonning PASHA Holding, SOCAR, SOFAZ, Agalarov Development, Silk Way Group, Matanat, Sarda Group, AzerGold, Azermash, Ozarbayjon investitsiya xoldingi, “Ozarbayjon temir yo‘llari”, “Alyat” erkin iqtisodiy zonasi va boshqa yetakchi kompaniyalari rahbarlari hamda vakillari ishtirok etdilar.

O‘zbekiston Prezidenti ishbilarmonlarni samimiy qutlab, ularning mamlakatlarimiz o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy sheriklikni kengaytirishdagi muhim o‘rnini alohida ta’kidladi.

Kuvaytda O‘zbekiston gilamlari ko‘rgazmasi ochildi

Kuvayt poytaxtida mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari mahsuloti – O‘zbekiston gilamlari ko‘rgazmasi ish boshladi. Mazkur loyiha mazkur arab davlatidagi elchixonamiz xodimlari va “Golden Carpet” kompaniyasi bosh menejeri Samir Zakariyo o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokara yakunida erishilgan kelishuv doirasida amalga oshirildi.

O‘zLiDeP Saylovoldi dasturi loyihasiga takliflar berildi

Saylovlarda siyosiy partiyalarning eng muhim hujjati, dasturi bu ularning Saylovoldi dasturi hisoblanadi. Ularda partiyalarning kelgusi besh yillik faoliyati yo‘nalishlari, asosiy maqsad-vazifalari o‘z aksini topadi. Shu kunlarda siyosiy partiyalar tomonidan o‘zlarining yangi Saylovoldi dasturi loyihasini ishlab chiqish va takomillashtirish bo‘yicha jamoatchilik muhokamalari o‘tkazilmoqda.

Jumladan, “OʻzLiDeP PRESS KLUBI”ning navbatdagi sessiyasi ham partiyaning Saylovoldi dasturi loyihasi muhokamasiga bag‘ishlandi. Muhokamada deputatlar, ekspertlar, tadbirkorlar, ishbilarmonlar ishtirok etib, O‘zLiDePning Saylovoldi dasturi loyihasini shakllantirish bo‘yicha qator fikr-mulohaza va takliflar bildirdilar.   

Toshkent va Moskva shaharlari o‘rtasida poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmatining xabar berishicha, “Toshkent — Moskva — Toshkent” yo‘nalishidagi poyezd qatnovlari 24 sentyabr sanasidan boshlanadi.

Poyezd harakat jadvali quyidagicha:  

505-sonli “Toshkent — Moskva” yo‘nalishi:  

24-sentyabr, 2-oktyabr, 10-oktyabr, 26-oktyabr, 2-noyabr, 18-noyabr, 26-noyabr, 4-dekabr, 12-dekabr.  

Toshkent 19:55 — Moskva 23:12,  

506-sonli “Moskva — Toshkent” yo‘nalishi:

28-sentyabr, 6-oktyabr, 14-oktyabr, 30-oktyabr, 6-oktyabr, 22-oktyabr, 30-oktyabr, 8-dekabr,  

Moskva 5:40 — Toshkent 8:23  

Shuningdek, mazkur yo‘nalishga yo‘lovchilar chiptalarni chegirma asosida xarid qilishlari mumkin.