$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 12-avgustning eng muhim voqealari dayjesti

12-avgust 12-avgust

Futzal bo‘yicha jahon chempionati kubogi taqdimoti

O‘zbekistonda 14-sentyabrdan 6-oktyabrgacha futzal bo‘yicha FIFA jahon chempionati ilk bor uchta shahar — Toshkent, Buxoro va Andijonda bo‘lib o‘tadi. Bugun Andijon shahridagi “Ekopark”da ushbu chempionati kubogi taqdimoti – “Trophy tour” tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi hamkorligida Andijonda tashkil etilgan kubok taqdimoti tadbirida Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov, minglab futzal ishqibozlari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Chempionatning rasmiy ramzi sifatida kuch va mardlik timsoli bo‘lgan Turon yo‘lbarsi tanlangan.

Beruniy parki konsepsiyasini ishlab chiqish doirasida so‘rovnoma

Toshkent hokimligi Beruniy metro bekati yaqinidagi Universitet va Farobiy ko‘chalari kesishmasida Beruniy yodgorligi orqasidagi yashil hudud — Beruniy xiyoboni konsepsiyasini ishlab chiqish rejalashtirilayotganini ma’lum qildi.

Fuqarolarning fikrini bilish uchun poytaxt ma’muriyati so‘rovnoma ishlab chiqdi. Javoblar 14-avgustgacha qabul qilinadi.

Rezidentlar bog‘da nimani yoqtirmasligini, u yerda qanday obyektlar va funksiyalarni ko‘rishni xohlashlarini, shuningdek, bolali ota-onalar va nogironligi borlar tashrif buyurishi uchun qulay yoki qulay emasligini ko‘rsatishlari mumkin.

Bundan tashqari, yashil hududlar sifati va shaharning ekologik holatini yaxshilashga qaratilgan istak va takliflarni ham qoldirish mumkin.

Respublika perinatal markazida 4 egizak tug‘ildi

Respublika perinatal markazida 7-avgust kuni Toshkent tumanida yashovchi 23 yoshli ayol 4 nafar egizak — 3 qiz va 1 o‘g‘il farzandli bo‘ldi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, respublika perinatal markazida chaqaloqlarning sog‘lom tug‘ilishi uchun barcha zarur shart-sharoit hozirlanib, kesarcha usulida, asoratsiz tug‘uruq amaliyoti natijasida 1622 grammlik bir nafar o‘g‘il, 1330, 1510 va 1370 grammlik uch nafar qiz chaqaloq dunyoga keldi. Vazirlikning xabar qilishicha, go‘daklarning ahvoli yaxshi.

Yer va mulk solig‘i imtiyozini qo‘llashdagi cheklov olib tashlanadi

Muqobil energiya manbalaridan foydalanishni rag‘batlantirish maqsadida Prezident qator topshiriqlar berdi. Iqtisodiy kompleks rahbariyatiga aholi va tadbirkorlarga energiya tejamkor uskunalar hamda quyosh panellarini sotib olish imkoniyatlarini kengaytirish topshirildi.

Soliq qo‘mitasiga quyosh paneli o‘rnatgani uchun yer va mulk solig‘i imtiyozini qo‘llashdagi cheklovni olib tashlash vazifasi qo‘yildi.

Suyultirilgan gazni aholiga xususiy sektorni keng jalb qilgan holda yetkazib berish masalasini o‘rganib, tegishli takliflar kiritishga ko‘rsatma berildi.

Теги :
Jamiyat