$
 12707.95
57.69
 14099.47
115.87
 140.95
-1.01
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 27-iyulning eng muhim voqealari dayjesti

day

Anna Prakaten chorak finalga yoʻl oldi

Akademik eshkak eshish boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Anna Prakaten Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlaridagi ishtirokini boshladi. 

Dastlabki saralash bosqichining 3-guruhida startga chiqqan yurtdoshimiz 7:37.80 natija bilan 2-boʻlib marra chizigʻini kesib oʻtdi. Ushbu koʻrsatkich evaziga hamyurtimiz toʻgʻridan toʻgʻri chorak final ishtirokchisiga aylandi.

Avtobuslar harakatlanishi to’g’risidagi ma’lumotlarda uzilishlar bo’ladi

UzBus monitoring tizimini yanada takomillashtirish maqsadida texnik ishlar olib borilayotganligi sababli jamoat transporti avtobuslar harakatlanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni real vaqt rejimida tashqi tizimlarga tarqatilishi vaqtinchalik to‘xtatilgan.

Texnik ishlar yakunlanishi bilan avtobuslar harakatlanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tashqi tizimlarga uzatilishi to‘liq qayta tiklanadi

Tomdi tumanida shamol elektr stansiyasi qurilmoqda

Hozirda Birlashgan Arab Amirliklarining “Masdar” kompaniyasi tomonidan Navoiy viloyatining Tomdi tumanida 500 MVt quvvatli shamol elektr stansiyasi barpo etilmoqda.  

Ushbu yirik loyiha doirasida jami 111 ta shamol turbinasi o‘rnatilishi rejalashtirilgan, – deydi viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi axborot xizmati rahbari Zubayda Dushanova. – Qayd qilinishicha, har bir uskunaning quvvati 4,7 MVt, balandligi 97 metr, parraklari har birining uzunligi esa 77 metrni tashkil qiladi. Stansiya to‘liq ishga tushirilgach, yiliga 1 milliard 800 million kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Buning natijasida yiliga 540 million kub metr tabiiy gaz tejalishiga erishiladi hamda atmosferaga 1,1 ming tonna zararli gazlar chiqishining oldi olinadi.

Prezident maktablariga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi bo’lib o’tdi

Navoiy shahridagi “Kimyogar” o‘yingohida tashkil etilgan imtihonda birinchi bosqich sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan 480 nafar o‘quvchi ishtirok etdi.  

Majmuada imtihonning shaffof va adolatli o‘tishi uchun puxta tayyorgarlik ko‘rilgan, – deydi Navoiy viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi shu’ba boshlig‘i Odil Norov. 

O‘quvchilar to‘liq Face ID tekshiruvidan o‘tkazilib, test jarayonlariga kiritildi. Test hujjatlari imtihon boshlanish jarayonidan oldinroq maxsus qoplarda keltirilib, xolislar ishtirokida ochilgan holda guruhlar uchun biriktirilgan mas’ullar tomonidan o‘quvchilarga tarqatildi.  

Теги :
Жамият