$
 12707.95
57.69
 14099.47
115.87
 140.95
-1.01
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 26-iyulning eng muhim voqealari dayjesti

positive

Navoiyda byudjetga 15 milliard so‘m qo‘shimcha daromad yaratildi

Navoiy viloyati davlat soliq boshqarmasida 2024 yilning 1-yarim yilligida soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar va 2-yarim yillikdagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi.

Joriy yilning yanvar-iyun oylari uchun viloyat byudjet daromadlariga belgilangan 977 milliard so‘m prognoz reja haqiqatda 992 milliard so‘mga bajarildi yoki byudjetga 15 milliard so‘m qo‘shimcha daromad yaratildi. 

7 nafar para suzuvchimiz Paralimpiya o‘yinlarining 25 ta litsenziyasiga ega bo‘ldi

Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasi para suzish bo‘yicha “Parij-2024” XVII yozgi Paralimpiya o‘yinlari litsenziyasini beruvchi yakuniy reytingni e’lon qildi.

E’tiborlisi, ushbu reyting natijalariga ko‘ra 7 nafar o‘zbekistonlik para suzuvchi Fransiya poytaxtida bo‘ladigan Paralimpiya o‘yinlariga jami 25 ta litsenziyani naqd qildi. Taqqoslash uchun, Tokioda bo‘lib o‘tgan XVI yozgi Paralimpiya o‘yinlarida para suzuvchilarimiz tomonidan 20 ta litsenziya qo‘lga kiritilgan edi.  

O‘zmilliybank balansidagi mol-mulklarni sotuvga chiqardi

O‘zmilliybank respublika bo‘ylab o‘z balansidagi mol-mulklar sotuvga chiqarilganini e’lon qildi. Mol-mulklarni "e-auksion" platformasi orqali xarid qilish mumkin.

Andijon viloyati:

Paxtaobod tumani, Pahtaobod shahri, Z. Xabibiy MFY, Xunarmandlar ko‘chasi, 92-uy manzilida joylashgan qurilishi tugallanmagan savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish bino-inshootlari. Bahosi – 3 mlrd 963 mln so‘m. To‘lov shakli: 15% avans - 4 yil muddatga.

Andijon viloyati, Paxtaobod tumani Nodirabegim MFY hududida joylashgan oshxona bino-inshootlari. Bahosi – 500 mln. so‘m. To‘lov shakli: 20% avans - 2 yil muddatga. 

Andijon viloyati, Bo‘ston tumani, Guliston MFY, Gulzor ko‘chasi, 10-uy manzilida joylashgan xammom, yog‘ochni qayta ishlab chiqarish, mebel va bruschatka ishlab chiqarish bino inshooti. Bahosi – 741 mln so‘m. To‘lov shakli: 20% avans - 2 yil muddatga. 

8–13-avgust kunlari Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanida “Yoshlar - kelajak bunyodkorlari!” III xalqaro qurultoyi bo‘lib o‘tadi

Tadbir Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Turizm qo‘mitasi, Qashqadaryo viloyat hokimligi va boshqa vazirliklar bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda. 

Qurultoyning tantanali ochilish marosimi 9-avgust Shahrisabzning Oqsaroy majmuasida o‘tkaziladi. Shuningdek, ishtirokchilarni turli tanlovlar, plogging musobaqalari, ekologik va turistik loyihalar, kitobxonlik kuni, milliy va etnosport musobaqalari, yoshlar uchun biznesni tashkil qilish, madaniy-koʻngilochar tadbirlar va taniqli insonlar bilan uchrashuvlar kutmoqda.

Теги :
Жамият