$
 12142.10
-52.11
 14079.98
95.66
 150.53
0.56
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 25-iyulning eng muhim voqealari dayjesti

positive

2 million 374,4 ming tonna ko‘mir qazib olindi

“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati tomonidan joriy yilning 1-yarim yilligida 2 374,4 ming tonna ko‘mir qazib olingan. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 101,1 foizni tashkil etgan. Iste’molchilarga 2 531,6 ming tonna ko‘mir yetkazib berilgan. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 111,7 foizga tengdir.

Markaziy bank asosiy stavkani yillik 13,5 foiz darajasida belgiladi

Markaziy bank boshqaruvi 2024 yil 25 iyuldagi yig‘ilishida asosiy stavkani 0,5 foiz bandga pasaytirib, yillik 13,5 foiz darajasida belgilash to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Bazaviy inflyatsiyaning pasayishi va inflyatsion kutilmalar dinamikasi energiya tariflari oshirilishining inflyatsiyaga ikkilamchi ta’siri kutilganidan past bo‘layotganligini ko‘rsatib, yil yakunida inflyatsiya prognoz koridorining quyi chegaralarida shakllanishi bo‘yicha ishonchni oshirmoqda.

"Presidentʼs Cup" turniri

Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan Qozog‘istonda erkaklar o‘rtasida «Presidentʼs Cup» turnirining yakkalik bahslari start oldi.

Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Humoyun Sultonov yakkalik bahslarining ilk bosqichida gruziyalik Zura Tkemaladzeni 6:1, 6:2 hisobida yenggan bo‘lsa, yana bir tennischimiz Sergey Fomin polshalik Filip Pelivoni 6:3 va 7:6 hisobida yengdi. Shu tariqa, ikkinchi davrada Humoyun va Sergey o‘zaro raqobatlashadigan bo‘ldi.  

Ishlab chiqariladigan elektr ulushi 40 foizga yetkaziladi

Vazirlik mutasaddilarining bergan ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning o‘tgan davrida issiqlik elektr stansiyalari va markazlarida 34,6 mlrd., gidroelektr stansiyalarda 4,1 mlrd., blok stansiyalarda 760,6 mln., shamol elektr stansiyalarida 1,6 mlrd. kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Bunda qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulushi 9,6 foizdan 13,9 foizgacha oshdi. 2030 yilga borib qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan ishlab chiqarilgan elektr energiyasining iste’moldagi ulushi 40 foizga yetkaziladi.

Теги :
Jamiyat