$
 12720.00
-7.96
 13827.91
46.07
 140.04
0.58
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 5-mayning eng muhim voqealari dayjesti

5-may

Milliy brend shakllantiriladi

Toshkent shahrida va bosqichma-bosqich hudud mazkazlaridagi yirik savdo komplekslarida “O’zbekistonda ishlab chiqarilgan” (Made in Uzbekistan) brendi ostida milliy mahsulotlar do’konlari tashkil etiladi.

84,3 milliard so’m qarzdorlik undirildi

Bugungi kunda viloyatda soliq qarzdorligini undirishga oid 235,4 milliard so‘mlik 25 mingdan ortiq hujjat mavjud. Ko‘rilgan sa’y-harakatlar natijasida joriy yilning o‘tgan davrida sakkiz mingga yaqin ijro hujjatining ijrosi tamomlanib, amalda 84,3 milliard so‘m mablag‘ undirilgan. Shuningdek, soliq qarzdorliklari bo‘yicha undiruvlar bilan bog‘liq ijro hujjatlari bo‘yicha jami 128,3 milliard so‘mlik mol-mulklar xatlangan. Hozir 37 ta 87,4 milliard so‘mlik mol-mulklar realizatsiya qilish uchun elektron-onlayn auksion savdolariga chiqarilgan

Xorij ta’limi bilan hamkorlik

Namangan davlar universiteti Istanbul Aydin universitetiga tashrifning ilk kunida o‘quv-uslubiy jarayonlarini tashkil etish va raqamlashtirish, ilmiy-tadqiqot, ustoz-shogird tizimi, ta’limning ishlab chiqarish bilan o‘zaro integratsiyasi, xalqaro hamkorlik bo‘yicha tajribalar o‘rganildi. 

Universitetlar har ikki tomon uchun manfaatli bo‘lgan hamda bugungi kunda kadrlarga bo‘lgan o‘tkir ehtiyoj, mehnat bozori va iste’molchi sohalar talablaridan kelib chiqib, aniq va qat’iy kelishuvlarga erishildi. 

Xususan, endilikda har ikki universitetda “2+2” dasturi bo‘yicha – kimyoviy texnologiya, molekulyar biologiya va genetika bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va “1+1” dasturi bo‘yicha – kimyo texnologiyasi, mikro va nanotexnologiyalar, kiberxavfsizlik va biznes boshqaruvi magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlanadi. 

Ushbu yo‘nalish va mutaxassisliklar doirasida ikki oliy ta’lim tashkiloti hamkorligida qo‘shma fakultet tashkil etiladi

10 oltin ta va 7 ta kumush medallari

Toshkentda o’tgan badiiy gimnastika boʻyicha yoshlar va kattalar oʻrtasidagi Osiyo chempionati yakuniga yetdi. 3 kun davom etgan qiziqarli bahslarda Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari 10 ta oltin va 7 ta kumush medallariga sazovor boʻlishdi

Qayd etish joiz, dastlabki kun guruh mashqi dasturida qizlarimizning qoʻlga kiritgan oltin medali Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari yoʻllanmasini taqdim etgan edi.

Oltin medal:

Kattalar:

Taxmina Ikromova, bulava 

Taxmina Ikromova, to’p 

3 tasma va 2 to’pdagi guruh mashqi

Guruh mashqining ko’pkurash dasturi 

O’zbekiston terma jamoasi (umumiy ochkolar bo’yicha)

Yoshlar:

5 bulavadagi guruh mashqi

5 halqadagi guruh mashqi 

Guruh mashqining ko’pkurash dasturi

Lola Djurayeva, to’p

Viktoriya Nikiforova, halqa

Теги :
Жамият