$
 12228.58
20.5
 14282.98
166.78
 155.96
0.96
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 9-aprelning eng muhim voqealari dayjesti

Dayjest

“Irjar – Do‘stlik – Jizzax” teplovozi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Sentyabrdan boshlab Sharof Rashidov, Paxtakor, Do‘stlik va Mirzacho‘l tumanlarini Jizzax shahri bilan bog‘lovchi “Irjar – Do‘stlik – Jizzax” yo‘nalishida teplovoz qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Natijada ushbu tumanlardagi 450 ming aholini shaharga qatnashida yengillik yaratiladi. 

4,5 ming xonadon rejasi

Bu yil Jizzax viloyatida 4,5 ming xonadonli 118 ta uy-joy qurish reja qilingan. Davlat rahbari bu yetarli emasligini qayd etib, uy-joy qurilishini ko‘paytirish zarurligini ta’kidladi. Do‘stlik tumanidagi “barak” uylar o‘rnida yangi uy-joy qurish tajribasi asosida qolgan tumanlardagi 2 mingga yaqin eski uylar o‘rnida 50 ming xonadonli zamonaviy uylar qurish dasturini tasdiqlash topshirildi. 

365 turdagi avtomobil butlovchi qismlari o‘zimizda

Endilikda tarmoq rahbariyati oldida kelgusi uch yilda sohaga 1 milliard dollar sarmoya jalb qilib, avtomobil ishlab chiqarish quvvatini 100 mingtaga oshirish, 10 mingta yuqori daromadli ish o‘rni yaratish vazifasi turibdi. Kooperatsiya asosida 365 turdagi butlovchi qismlarni o‘zimizda chiqarishni yo‘lga qo‘yib, mahalliylashtirish darajasini 50 foizga yetkazish muhimligi qayd etildi. 

 O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi shohsupada

4-7-aprel kunlari Turkiyaning Antaliya shahrida kamondan otish bo‘yicha “Kahraman bagatir spring arrows tournament-2024” musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Dunyoning sara merganlari ishtirok etgan musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi ham shohsupaga ko‘tarildi. Erkaklar o‘rtasida kechgan bahslarda hamyurtimiz Amirxon Sodiqov bronza medali sohibiga aylandi.