$
 12957.14
29.97
 14702.47
-15.11
 156.56
0.83
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

2024-yil 8-aprelning eng muhim voqealari dayjesti

Dayjest 8-aprel

Sport unvonlarini taqdim etishda yangilik

O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi mutaxassislari tomonidan sport unvonlarini olish bo‘yicha me’yorlarni o‘zida jamlagan Telegram bot ishlab chiqildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 4-noyabrdagi «Sportchilarga sport unvonlari va sport razryadlarini berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarorining imzolanishi mamlakatimizda sport unvonlarini olish borasida shaffof tizim ishga tushirilishiga zamin yaratdi.

Bayram kunlari metroning harakat vaqti

«Toshkent metropoliteni» DUK matbuot xizmatining xabar berishicha, Ramazon hayiti kuni metro poyezdlari harakati odatdagidan 1 soat oldin, ya’ni soat 04:00 dan yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni boshlaydi.

Qayd etilishicha, bayram munosabati bilan belgilangan qo‘shimcha dam olish kunlarida (11,12,14-aprel) metro poyezdlari yakshanba kuni uchun tasdiqlangan jadvalda va 13-aprel sanasida esa, odatiy ish kunlari uchun belgilangan grafik asosida soat 05:00 dan harakatlanadi.  

Chet elda ishlab qaytganlarning bandligini ta'minlaganlik uchun subsidiya to‘lanadi

Davlatimiz rahbarining joriy yil 4-apreldagi «Mehnat migratsiyasi jarayonlarini takomillashtirish hamda xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq, 2024-yil 1-iyundan mehnat migratsiyasidan qaytgan shaxslarni ishga olganlarga subsidiya to‘lanadi.

Mehnat migratsiyasidan qaytgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga har bir ishga olingan xodim uchun 12 oy davomida oyiga 500 ming so‘mdan subsidiya to‘lanadi (bundan byudjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar mustasno).  

Sud orqali undirilgan kredit qarzdorlikka nisbatan endi foiz to'lanmaydi

2024-yil 27-fevralda «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga kredit majburiyatlarini bajarish tartibini takomillashtirish hamda aholining mikromoliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi.

 Joriy yil 1-yanvardan boshlab aholi va tadbirkorlik subyektlariga ajratilgan kreditlar bo‘yicha qarzdorlikni undirish yuzasidan sudning hal qiluv qarori chiqarilganda, ushbu kreditlar bo‘yicha foizlar va neustoyka hisoblanishi to‘xtatildi. 

Теги :
Jamiyat