$
 12175.34
4.67
 14063.74
15.14
 154.29
1.99
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 3-aprelning eng muhim voqealari dayjesti

Dayjest 3-aprel

O’zbekistonning eng qimmat fudbolchisi kim?

«Transfermarkt» portali futbolchilarning transfer bo‘yicha barcha ma’lumotlarini omma e’tiboriga havola etib keladi. Ushbu portal Markaziy Osiyo va ayrim Yevropa qit’asi mamlakatlarining ayni paytdagi eng qimmat futbolchilarining yangi reytingini tuzib chiqdi.

Biz uchun ahamiyatlisi, «Transfermarkt» portali ekspertlari yangi reytingda hamyurtimiz, «SSKA» klubi a’zosi Abbosbek Fayzullayevning narxini 5 million yevroga baholagani va hozirgi kunda mamlakatimizning eng qimmat futbolchisi, deya e’tirof etganidir.  

600 million dollar Yunusobod uchun

Xalq deputatlari Toshkent shahri Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi davom etmoqda. Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda.

Yig‘ilishda Yunusobodda o‘tkazilgan bir hafta o‘rganish davomida 600 million dollar investitsiya jalb qilish, 35 mingta yuqori daromadli ish o‘rni yaratish uchun imkoniyatlar aniqlangani qayd etildi.

Endilikda Toshkentning holatini yaxshilash uchun xorijning muvaffaqiyatli tajribaga ega shaharlaridan andoza olinadi.

IELTSdan yuqori ballar ko’payib bormoqda

Yunusobod tumanidagi 44 ta maktabni o‘tgan yili 4 ming 400 nafar o‘quvchi bitirgan bo‘lib, 1 mingtasi IELTSdan yuqori ball olgan. Ulardan 3,5 mingtasi yoki 78 foizi oliygohlarga qabul qilingan.

Bunday natijaning sabablaridan biri – maktablarning 2-3 tadan sinf xonasi shartnoma asosida xususiy o‘quv markazlariga darsdan keyin foydalanish uchun berilganligi ham aytilmoqda.

O’zbekistonlik og’ir atletikachi ayol kuchli beshlikda

Tailandda oʻtayotgan ogʻir atletika boʻyicha Jahon kubogida Nigora Abdullayev ishtirokini yakunladi. -55 kg vazn toifasida qatnashgan hamyurtimiz beshinchi oʻrinni egalladi. Abdullayeva dast koʻtarishda 83 kg, siltab koʻtarishda esa 105 kg, umumiy hisobda 188 kg natija qayd etdi.

1. Xyon Kang (KXDR) – 234 (103+131) kg

2. Mixaela-Valentina Kambei (Ruminiya) – 201 (91+110) kg

3. Devi Soroxaibam (Hindiston) – 196 (83+113) kg

4. Yosi Gallant (Kanada) – 194 (85+109) kg

5. Nigora Abdullayeva (Oʻzbekiston) – 188 (83+105) kg

Теги :
Jamiyat