$
 12675.00
4.95
 13616.75
56.0
 138.36
0.36
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 26-aprelning eng muhim voqealari dayjesti

day 26-aprel

Afg‘onistonga insonparvarlik yordami yuborildi

Prezidentimizning topshirig‘iga muvofiq bugun “Ayritom” chegara o‘tkazish punkti orqali afg‘on xalqiga qariyb 170 tonna oziq-ovqat mahsuloti ortilgan navbatdagi insonparvarlik yuki qo‘shni mamlakatning Balx viloyatiga yetkazildi.

Chavandozlarimiz oltin medalga ega chiqdi

Poytaxtimizdagi «Universal Horses Stable» majmuasida ot sporti bo‘yicha «CS01*-W LONGINES FEI JUMPING NATIONS CUP EURASIAN LEAGUE» jamoaviy musobaqasi o‘tkazildi.

Mazkur musobaqada hamyurtlarimizdan tashqari Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Rossiyadan kelgan chavandozlar ikki davradan iborat konkur yo‘nalishida bahslashdi. Jamoaviy bahsda O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida A’zam Toliboyev, Oqil Sobirjonov, Abdurahmon Abdullayev, Dilshod Shokirov kabi tajribali sportchilar ishtirok etdi. Ushbu jamoamiz ilk davradan so‘ng, peshqadam bo‘lib oldi.

Dunyo gimnastikachilari Toshkentda jam bo‘ldi

Bugun, 26-aprel kuni poytaxtimizda badiiy gimnastika bo‘yicha jahon kubogining to‘rtinchi bosqichi boshlanadi.

O‘zbekiston sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, mamlakatimiz gimnastika federatsiyasi va boshqa bir qator tashkilotlar tomonidan tashkil etilayotgan mazkur musobaqada dunyoning 34 mamlakatidan 100 dan ortiq gimnastikachi qizlar ishtirok etadi. 

Kanada va AQSHga ilk bor elektrotexnika mahsulotlari eksport qilindi

Bugun AOKAda o‘tkazilgan brifingda “O‘zeltexsanoat” uyushmasi axborot xizmati rahbari Namoz Tolipovning ma’lum qilishicha, elektrotexnika sanoati korxonalari tomonidan 2024-yil birinchi choragida ishlab chiqarish hajmi 5,1 trillion so‘mni, eksport hajmi esa 243,2 million dollarni tashkil etgan.

Bunda 98 ta eksportchi korxonaning alohida hissasi bor. Mahsulotlar esa 72 davlatga eksport qilingan. Ahamiyatlisi, 16 ta yangi korxona ilk marotaba o‘z mahsulotlarini xorijga olib chiqish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Теги :
Жамият