$
 12670.05
37.83
 13560.75
82.17
 138.00
3.61
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 24-aprelning eng muhim voqealari dayjesti

Day 24-aprel

Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti turizm poytaxti

Shahrisabz shahri 2024-yilda Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti turizm poytaxti deb e’lon qilingan edi.  

Shu munosabat bilan joriy yilning 25-26-aprel kunlari bir qator xalqaro tadbirlar bo‘lib o‘tadi hamda tadbirda doirasida IHTga a’zo davlatlar folklor jamoalari ishtirokida “International folk” festivali, yosh dizaynerlar o‘rtasida “Modest fashion show” tanlovi, mashhur oshpazlar ishtirokida “Shahrisabz pazandachilik bellashuvi”, “Xalqaro etnosport o‘yinlari” festivali hamda xorijlik va mahalliy yetakchi rassomlar ishtirokida “plenar” natijalariga bag‘ishlangan ko‘rgazma bo‘lib o‘tadi.

Noan‘anaviy sabzavotlar

Shu kunlarda Samarqand viloyati hokimligi va tadbirkorlaridan iborat delegatsiya Xitoyning bir qator provinsiyalarida bo‘lib, o‘zaro tajriba almashmoqda.

Bugungi kunda viloyatimizning Toyloq, Samarqand, Jomboy, Bulung‘ur va Oqdaryo tumanlari meva-sabzavotchilikka ixtisoslashtirilgan. Bu hududlarda 40 dan ortiq sabzavot turlari ekilmoqda. Endilikda biz inson salomatligi uchun qimmatli xususiyatlarga ega bo‘lgan va jahonda talab yuqori bo‘lgan noan’anaviy sabzavot ekinlari, dorivor o‘simliklari ekishni yo‘lga qo‘yishga e’tibor qaratyapmiz. Xususan, hozir sparja, bamiya, mangold, artishok, batat, Bryussel karamini o‘zimizning tuproq-iqlim sharoitida yetishtirish texnologiyasi ishlab chiqilib, bu mahsulotlar ichki bozor hamda xorijga sotilmoqda

Islom olami uyushmasi Oliy Kengashiga a’zosi

Kecha Saudiya Arabistoni poytaxtida nufuzli tashkilot hisoblangan Islom olami uyushmasi Oliy Kengashining 46-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Islom olami uyushmasi Oliy Kengashi a’zoligiga qabul qilingani to‘g‘risida qaror qilindi.  

To‘lanmay kelgan millionlar

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ga huquqlari turli tarzda buzilayotgan fuqarolar murojaat qilmoqda.

 Ombudsmanning Xorazm viloyati mintaqaviy vakili tomonidan o‘rganildi va aniqlangan holatning qonuniy yechimi bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi. Natijada muammo o‘z yechimini topdi. Ishchilarga 34 million so‘m ish haqi to‘liq to‘lab berildi.

Koreya vaziri o‘rinbosari O'zbekistonda ilmiy daraja oldi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi sobiq Favqulodda va muxtor elchisi, ushbu mamlakat tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Xisang Kim dissertatsiya yoqladi.

Yosh xokkeychilarimizdan yirik hisobdagi gʻalaba

Mamlakatimizda xokkey boʻyicha U18 yosh toifasida Osiyo-Okeaniya chempionati start oldi. Toshkent va Samarqand shaharlari mezbonlik qiladigan musobaqada birinchi tur uchrashuvlari oʻtkazildi. 

Musobaqaning amaldagi chempioni hisoblangan hamyurtlarimiz dastlabki oʻyinni eronlik yoshlarga qarshi oʻtkazib, raqibni yirik 19:0 hisobida magʻlubiyatga uchratishdi

Теги :
Жамият