$
 12865.66
-8.36
 13510.23
-48.69
 125.14
-3.07
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 23-aprelning eng muhim voqealari dayjesti

Day 23-aprel

Toza energiya uchun toza 143 million dollar

Bugun poytaxtimizda “O‘zbekiston binolari uchun toza energiya” loyihasinnig taqdimoti o‘tkazildi.

2022-yil iyun oyida Jahon banki Ijrochi direktorlari kengashi “O‘zbekiston binolari uchun toza energiya” loyihasini amalga oshirish uchun mamlakatga 143 million dollar miqdorida imtiyozli kredit ajratishni ma’qulladi. Loyiha doirasida butun mamlakat bo‘ylab jamoat binolarining energiya samaradorligini oshirishga sarmoya kiritish rejalashtirilmoqda. Bu ularning o‘zgaruvchan iqlimga tayyorligini oshiradi, energiya sarfini kamaytirishga yordam beradi va atmosferaga chiqariladigan issiqxona gazlari chiqindilarini qisqartiradi, –dedi Marko Mantovanelli.

Loyihani amalga oshirish davomida 2023–2028-yillarda 500 dan ortiq ijtimoiy soha obyektlari, jumladan, maktabgacha ta’lim muassasalari, maktablar, shifoxonalar va poliklinikalar energiya samaradorligini oshirish maqsadida modernizatsiya qilinishi va ta’mirlanishi qayd etildi.

Davlat budjetiga 40,3 trillion so‘mlik soliq tushum

Joriy yilning I choragida byudjetga 40,3 trln. so‘mlik soliq tushumlari ta’minlanib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,4 trln. so‘mga ya’ni 6 foizga o‘sishiga erishildi.

2023-yilda esa soliq organlari tomonidan davlat byudjetiga 165,9 trln. so‘m tushirilgan bo'lib, 2022-yilning mos davriga nisbatan 17,4 trln. so‘mga ko‘p edi.  

“O‘tkan kunlar” romani arab tilida chop etildi

Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romani Misrning taniqli ijodkori, Al Shams va Luksor universitetlari professori Muhammad al-Jibali tomonidan tarjima qilinib, “O‘tkan kunlar: Turkistondagi achchiq sevgi qissasi” nomi ostida arab dunyosi o‘quvchilariga ilk marotaba taqdim etildi. Kitob Misrning eng yirik “Dorul – Maorif” nashriyotida chop etilgan.

Echkichilikda Turkiya tajribasi o‘rganildi

Joriy yilning mart oyida Prezident Shavkat Mirziyoyevning Namangan viloyatiga tashrifi chog‘ida Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisi Bahrom Norqobilovga Pop tumanida naslli echkichilikni rivojlantirish topshirig‘i berilgan edi.

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisi Bahrom Norqobilov boshchiligidagi ishchi guruh Turkiyada xizmat safarida bo‘ldi va ishchi guruh Turkiya qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari A. Gyumen bilan uchrashib, naslli echkichilik klasterini tashkil etishda xalqaro huquq normalarining tegishli bandlarini muhokama qildilar.

Mazkur yo‘nalishda ikki davlatning mas’ul idoralari o‘rtasida yaqindan hamkorlik o‘rnatish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

20 dan ziyod bino modernizm davri obyekti maqomini oldi

O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tashabbusi bilan 21 ta bino modernizm davri obyekti maqomini oldi va milliy madaniy meros obyektlari ro‘yxatiga kiritildi. 

Birinchi bosqichda Davlat san’at muzeyi, “O‘zbekiston” va “Shodlik” mehmonxonalari, “Kosmonavtlar” metro bekati, Aviatsiya ishlab chiqaruvchilar saroyi kabi 11 ta yangi obyekt ro‘yxatga kiritildi, 10 obyektning maqomi o‘zgartirildi. Quyosh instituti, Toshkent davlat sirki, Toshkent teleminorasi, “Xalqlar do‘stligi” saroyi, Alisher Navoiy nomidagi san’at saroyi, “Turkiston” konsert zali va uning yozgi maydoni kabi yana qator hududlar ro‘yxatdan o‘rin olmoqda.

Теги :
Jamiyat