$
 12557.56
-34.15
 14809.13
-12.57
 159.44
-0.74
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

2024-yil 2-aprelning eng muhim voqealari dayjesti

Dayjest 2-aprel

"Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi" aksiyasi

"Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi" huquqiy aksiyasi doirasida ko'plab ishlar olib borildi. Ro'yxatga olishlar:

-1639 nafar tug‘ilish;

-14 397 nafar nikoh;

-3 246 ta o‘lim;

-15 817 nafar takroriy guvohnoma;

-11 357 ta ID-karta;

-44 430 nafar tadbirkorlik subyektiga guvohnoma;

-24 480 ta kadastr hujjatlari;

-1 049 ta sudga arizalar kiritildi;

-123 362 ta sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

Samarqandda “Ichki turizm yarmarkasi” o'tkazildi

Registon ansamblida bo‘lib o‘tgan “Ichki turizm yarmarkasi”da turoperatorlar, joylashtirish muassasalari va sog‘lomlashtirish maskani vakillari, shuningdek, turizmga ixtisoslashtirilgan oliy o‘quv yurti hamda texnikum talabalari va Samarqand shahri mehmonlari yig‘ildi.

Yarmarka doirasida turizm sohasini yosh kadrlar bilan ta’minlash maqsadida “Career-2024” forumi o‘tkazildi va “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti hamda Samarqand turizm va madaniy meros kolleji talabalari potentsial ish beruvchilardan bo'sh ish o'rinlari to'g'risida ma’lumotga ega bo‘lishdi.

Endi nodavlat ta’lim tashkilotlarining davlat ta’lim standartlarini bajarishi majburiy

Ta’lim tashkilotlarini attestatsiya va davlat akkreditatsiyasi, shuningdek, kompleks va maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazishning yangi mexanizmlari joriy etilmoqda.

 Bundan tashqari, davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarining davlat ta’lim standartlarini bajarishi majburiyligi belgilanmoqda.

 O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi Qonunchilik palatasining majlisida ko‘rib chiqildi va qonun loyihasi bilan moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta’lim tashkilotlariga pedagogik kadrlarni ta’lim tashkilotlariga ishga qabul qilish va ular faoliyatini baholash tartibini belgilash, o‘quv adabiyotlarini tayyorlash va nashr qilishni tashkil etish vakolatlari berilmoqda. Shu bilan birga, davlat oliy ta’lim muassasalari o‘quv rejalari, o‘quv dasturlarini kasbiy standartlar asosida tasdiqlash, ta’lim tilini hamda ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari xususiyatlarini inobatga olgan holda ta’lim olish shaklini belgilash ham ko‘zda tutilmoqda. 

Birinchi kundan 2 ta oltin 

Turkiyaning Antaliya shahrida para dzyudo bo‘yicha “Parij-2024” yozgi Paralimpiya o‘yinlariga muhim reyting ochkolari beruvchi Gran-pri turniri vakillarimiz uchun muvaffaqiyatli boshlandi.

 Erkaklar o‘rtasida J2 klassida vazni 60 kg. bo‘lgan Sherzod Namozov barcha raqiblarini yengib, oltin medalni qo‘lga kiritdi. Shuningdek -73 kg. vazn toifasida bellashuvlarda Uchqun Quronboyev shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi va birinchi kunning o'zida O‘zbekiston terma jamoasi 2 oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Теги :
Jamiyat