$
 12632.22
22.05
 13478.58
-48.35
 134.39
-0.85
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 19-aprelning eng muhim voqealari dayjesti

Day 19-aprel

Jahon chempionatidan dastlabki medal

Shu kunlarda Saudiya Arabistonining Ar Riyod shahrida qilichbozlik boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati boʻlib oʻtmoqda. Musobaqaning bugungi kunida Oʻzbekiston terma jamoasi dastlabki medalini qoʻlga kiritdi.

Unga yoshlar toifasidagi bahslarda qatnashgan Xanchjou-2022 Osiyo oʻyinlari chempioni Fernanda Errera mualliflik qildi. Hamyurtimiz saralash bosqichida Yaponiya, Italiya, Xitoy, Vengriya vakillarini magʻlubiyatga uchratishga erishdi. Biroq yarim finalda Xitoy termasining boshqa bir aʼzosi Simao Panga imkoniyatni boy berdi va bronza medali bilan taqdirlandi.

Yuk tashish xizmati narxlari ko‘tarildi

Ma’lumotga ko‘ra, import yuk tashish narxlari 25 foizga, eksportda esa 35 foizga ko‘tarilgan. Rossiyaga yuk tashishga talab esa 26 foizga kamaygan.

ATI.SU yuk tashishlar birjasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori Farid Vohidovning qayd etishicha, birinchi chorak yakunlariga asosan mazkur tashkilotda O‘zbekistonga boshqa mamlakatlardan yuk tashish (import) bo‘yicha joylangan buyurtmalar soni 2023-yilning shu davridagiga nisbatan 51 foizga o‘sdi. Yetkazib berish narxlari, yillik ifodada 25 foizga ko‘tarildi. Rossiya, Qozog‘iston va Belarusdan yuk tashishga talab salmoqli o‘sdi. Chunonchi, birinchi chorakda RFdan yuk tashishga buyurtmalar soni 56 foizga oshdi, narxlar esa 26 foizga ko‘tarildi.

Prezidentlar O‘zbekistonning Dushanbedagi elchixonasi yangi binosini ochib berishdi

O‘zbekiston Prezidentining Tojikistonga davlat tashrifi doirasida mamlakatimizning Dushanbe shahridagi elchixonasi yangi binosining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Davlat rahbarlari ramziy tasmani kesib, O‘zbekiston diplomatik vakolatxonasi binosini ochib berdilar. Ikki mamlakat davlat madhiyalari yangradi.

Lyuks sayyohlik poyezdlari

“Orient Silk Road Express” ilk lyuks poyezdi xorijlik sayyohlarni O‘zbekistonning tarixiy shaharlari bo‘ylab olib o‘tib, Toshkentga yetib keldi, deb xabar qiladi “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi.

Germaniyaning “Lernidee Erlebnisreisen” va Angliyaning “Golden Eagle Luxury Trains” kompaniyalari bilan hamkorlikda 14 ga yaqin charter sayyohlik poyezdlarini ishga tushirishni rejalashtirgan.

Bir qator ko‘chalarida transport harakati cheklanadi

Toshkent shahar hokimligining xabar berishicha, 21-aprel kuni poytaxtda BYD VI Toshkent xalqaro marafoni va «Yangi nafas» marafoni bo‘lib o‘tadi.

Shu munosabat bilan bir qator ko‘chalarda transportlar harakati cheklanadi.  

Soat 4:30 dan 14:00 ga qadar Afrosiyob ko‘chasi – Islom Karimov shohko‘chasi chorrahasidan Oybek ko‘chasigacha bo‘lgan qismi, Oybek ko‘chasi – Afrosiyob ko‘chasi chorrahasidan Nukus ko‘chasigacha bo‘lgan qismida transportlar harakati cheklanadi.  

Теги :
Жамият