$
 12620.01
-42.0
 13522.34
-71.59
 135.74
-1.91
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 16-aprelning eng muhim voqealari dayjesti

Day 17-aprel

Tojikiston biznes-forumi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikiston Respublikasiga davlat tashrifi arafasida – 17-aprel kuni Dushanbe shahrida Oʻzbekiston – Tojikiston biznes-forumi boʻlib oʻtdi.

Tadbirga Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari Usmonali Usmonzoda va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari Jamshid Xoʻjayev hamraislik qildi. Forumda shuningdek, ikki mamlakat ishbilarmon doiralarining 600 dan ortiq vakillari, vazirlik va idoralar, tarmoq birlashmalari va viloyat hokimliklari rahbarlari ishtirok etdi. 

Oʻzbekiston – Tojikiston sarmoyaviy kompaniyasining roli alohida taʼkidlandi, uning resurslaridan foydalanish uchun umumiy qiymati 135 million dollar boʻlgan 14 ta loyiha roʻyxati shakllantirildi

60 kilometrlik rekonstruksiya

“M39” Olmaota-Bishkek-Toshkent-Shahrisabz-Termiz” avtomobil yo‘lining 60 km qismi rekonstruksiya qilinadi.

Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tomonidan umumiy kiymati 195,5 mln AQSH dollari bo‘lgan "M39 "Olmaota-Bishkek-Toshkent-Shahrisabz-Termiz" avtomobil yo‘lining 1255-1315 km (60 km) qismini rekonstruksiya qilish" loyihasining texnik-iqtisodiy asosi belgilangan tartibda ishlab chiqilgan edi.

Loyiha 5-yil (2-yil kafolat davrini hisoblagan holda 2024-2029-yillar) da amalga oshiriladi.

Kurashda yangi vazn toifasi 

Xalqaro kurash assotsiatsiyasi (IKA)ning Dubay shahrida o‘tkazilgan boshqaruv kengashi yig‘ilishida milliy sportimiz kurashning vazn toifasiga yana bitta og‘irlik vazni qo‘shilgani e’lon qilindi.

Bugungacha kurash musobaqalarida kattalar o‘rtasidagi vazn toifalari 15 tadan iborat bo‘lib, uning 7 tasi erkaklar va 8 tasi ayol kurashchilarga tegishli edi.

Bildirilgan fikrlar asosida yangi vazn toifasi sifatida -120 kilogrammda to‘xtalindi. Sababi 100 kilogramm vazn toifasidan yuqori vaznlarda yangi vazn jiddiy o‘zgarishni yuzaga keltirmasligi inobatga olindi. 100 kilogrammdan kam vazn toifalarida esa bevosita ketma ketlik o‘zgarishi mumkinligi aytib o‘tildi.

Tojikistonga prezident tashrifi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonning taklifiga binoan 18-19-aprel kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.

Kun tartibidan O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalari o‘rin olgan.

Savdo, sanoat, qishloq xo‘jaligi, energetika, transport va boshqa tarmoqlarda kooperatsiya loyihalarini ilgari surishga alohida e’tibor qaratiladi, hududlar o‘rtasidagi aloqalarni, madaniy-gumanitar va turizm almashinuvlarini kengaytirish masalalari ko‘rib chiqiladi.

Davlat xizmatlari ko‘rsatishda rekord

Davlat xizmatlari markazlari yangi tashkil etilgan 2017-yilda 37 turdagi xizmat ko‘rsatilgan bo‘lsa, hozir ularning soni 335 taga yetdi. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko‘rsatilayotgan xizmatlar soni esa 580 dan oshdi.  

Davlat xizmatlari markazlari filiallari soni 138 taga yetdi. Muhimi, barcha markazlar eng zamonaviy axborot texnologiyalari bilan jihozlangan

Теги :
Жамият