$
 12720.00
-7.96
 13827.91
46.07
 140.04
0.58
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 16-aprelning eng muhim voqealari dayjesti

Day 16-aprel

815 million yevrolik loyihalar

ETTB portfeliga suv ta’minoti va oqova suvlarni tozalash, energetika, markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti, transport, kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash sohalarida umumiy qiymati 391,3 million yevrolik 16 ta yakunlangan loyiha, shuningdek, umumiy qiymati 3 milliard yevro bo‘lgan 15 ta hozirgi kunlarda amalga oshirilayotgan loyiha kiradi. 

ETTB bilan hamkorlikda suv ta’minoti, ta’lim, energetika, yo‘llarni rekonstrutsiya qilish, transport va qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash sohalarida 815 million yevrolik 8 ta loyiha ishlab chiqilmoqda

Poytaxtimizda “INNOPROM. Markaziy Osiyo" ko‘rgazmasi

Joriy yilning 22-24-aprel kunlari poytaxtimizdagi Milliy ko‘rgazmalar majmuasida yana bir yirik tadbir – “INNOPROM. Markaziy Osiyo" ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Yangi g‘oya, tashabbus va yangi yechimlarga boy ko‘rgazma doirasida qator tadbirlar, turli biznes uchrashuvlari o‘tkaziladi. Ko‘rgazmaning biznes dasturi doirasida xalqaro, federal va mintaqaviy darajadagi sanoat kooperatsiyasining yangi yo‘nalishlari va vositalarining kengaytirilgan muhokamasi tashkillashtiriladi.

Qit’a chempionatida hozircha 5 ta medal

Polvonlarimiz mazkur musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari tarkibida bugunga qadar erkin kurashchilarimiz 2 ta kumush, 1 ta bronza, yunon-rum kurashchilarimiz 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.  

Suv havzalari ijaraga beriladi

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, «E-auksion» elektron savdo platformasidagi onlayn-auksion orqali tadbirkorlarga suv havzalari ijaraga beriladi.

Shuningdek, auksion orqali plyaj zonalari qurish, baliq ovlash, qayiqda suzish va suv sayohatlarini amalga oshirish, baliq mahsulotlari, jumladan baliqli taomlar savdosi xizmatlarini taqdim etish uchun daryolar atrofidagi hovuzlar, suv omborlari va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini ham ijaraga olish mumkin.  

Kuni o‘rtacha 1,8 ming kishi

2024-yil 16-aprel kungi holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 36 million 990 ming 58 nafarni tashkil qiladi. Ulardan 18 594 902 nafari erkaklar, 18 339 670 nafari ayollardir.

Qayd etilishicha, respublikada doimiy yashovchilar soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,1 foizga oshgan.

Yil boshidan buyon mamlakat aholisi soni 163,5 ming kishiga, joriy yilning har oyida o‘rtacha 54,5 ming kishiga ko‘paydi.

Теги :
Жамият