$
 12557.56
-34.15
 14809.13
-12.57
 159.44
-0.74
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

2024-yil 13-aprelning eng muhim voqealari dayjesti

Day 13-aprel

"E-Permit" tizimi

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida avtomobil transportida xalqaro yuk tashuvlari sohasida qulay sharoitlarni yaratish hamda raqamli texnologiyalarni keng joriy etish maqsadida endilikda mamlakatlar o‘rtasida ruxsatnoma blankalarining elektron «E-Permit» ayirboshlash tizimi amaliyotga tatbiq etildi.

Transport vazirligi huzuridagi «Raqamli transport markazi» mutaxassislari tomonidan ushbu tizim test rejimida muvaffaqiyatli ishga tushirilgan. Natijada «E-Permit» tizimini qo‘llagan holda ilk kvotalar almashilib, yuk avtotransport vositalari «Yallama» chegara bojxona posti orqali harakatlangan.

Erkin A’zam ssenariysi asosida yangi film

«Parizod», «Telba», «Kechikkan hayot» filmlari rejissyori Ayub Shahobiddinov atoqli adib, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Erkin A’zam ssenariysi asosida yangi filmni yaratish ustida ish boshladi.

Tasvirga olish ishlari Surxondaryoning Boysun tumanida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Rejissyor viloyatda bo‘lib filmni tasvirga olish joylari bilan tanishdi.

Ssenariy muallifi – Erkin A’zam, operator – Diyor Ismatov, liboslar bo‘yicha rassom – Zuhra G‘aniyeva, kompozitor – Abulqosim Muinzoda.

Qatar delegatsiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Qatar Davlati Hukumati o‘rtasida madaniyat sohasidagi hamkorlik memorandumi imzolangan. Mazkur hujjat doirasida Qatar Madaniyat vazirligi delegatsiyasi mamlakatimizda bo‘lib turibdi.

Delegatsiya a’zolari madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov bilan uchrashadi, shuningdek, Toshkent shahrining Hazrati Imom majmuasi, Baroqxon madrasasi, Xo‘ja Ahror valiy masjidi, Ko‘kaldosh madrasasini ziyorat qiladi. Chorsu bozori, “Temuriylar tarixi” davlat muzeyi, O‘zbekiston amaliy san’at muzeyi manzillariga ham boradi.

Davlatimiz rahbarining Qatarga davlat tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlar madaniy-ma’rifiy hamkorlik ko‘lamini kengaytirishga ham yo‘naltirilgan. Xususan, 2024-yil Dohada O‘zbekiston madaniyati va turizmi haftaligini o‘tkazish qayd etilgan edi.

O'zbekiston aholisining o'rtacha yoshi

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilda Oʻzbekiston aholisining oʻrtacha yoshi 29 yoshni tashkil etgan.

Shu jumladan, jinsi boʻyicha:

erkaklar uchun – 28,3 yosh;

ayollar uchun – 29,7 yosh oʻrtacha koʻrsatkich sifatida qayd etilgan.

 2023-yilda Oʻzbekistonda doimiy aholining oʻrtacha umr koʻrish davomiyligi 74,7 yoshni tashkil etgan edi.

Теги :
Jamiyat