Shanba, 17-oktabr, 2026
Havo 87 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
🌤 +17° kechasi +10°

2024-yil 8-mart eng muhim voqealari dayjesti

“Boqiy Buxoro” loyihasini qurish yoki “Buxoroni buzish” boshlandi, 17,7 million dollarlik biznes loyihasi, ayol bokschilar ham ajoyib “start” olishdi, Yaponiya bosh vaziri bilan uchrashuv va muddatidan oldin erishilgan g’alaba— kunning eng muhim xabarlari.

2 daqiqa o‘qiladi

day 8 march

“Boqiy Buxoro” qurilishi boshlandi

Buxoro markazifa “Boqiy Buxoro” madaniy-etnografik parki loyihasini amalga oshirish boshlandi. Uni qurish uchun 32,6 gektar maydonda 29 ta obyekt buzilishi reja qilingan. 

Bu loyiha 470 million dollarga baholangan bo’lib, ba’zi loyihadan tashqari hududlar buzilishi boshlab ham yuborildi.

17,7 mln. dollarlik “Biznesni qo’llab-quvvatlash” loyihasi

USAID O’zbekistonda 5 yilga mo’ljallangan “Biznesni qo’llab quvvatlash” loyihasini boshladi. Ushbu loyiha iqtisodiy o’sishni rag’batlantirishni o’ziga maqsad qilib olgan bo’lib, bunda AKT, turizm, tekstil va yashil iqtisodiyotga oid loyihalarga grant mablag’lari ajratiladi.

Ayol bokschilar ham turnirni yaxshi boshlab olishdi

Italiyada o’tayotgan boks bo’yicha litsenzion turnirning bugungi kuni ham hamyurtlarimiz uchun omadli start oldi. -66 kg. vazn toifasida Navbahor Paraskevi Mavrommatini musobaqadan chiqarib yubordi. 

Mamlakatimiz tashqi ishlar vaziri Yaponiya bosh vaziri bilan uchrashdi

6-martdan buyon Yaponiyada bo’lib turgan, tashqi ishlar vazirimiz Baxtiyor Saidov Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisidaning qabulida bo’ldi. 

Muloqot davomida sheriklik aloqalari, “Markaziy Osiyo+Yaponiya” sammiti munosabati bilan mavjud muhim masalalar kelishib olindi.

Muddatidan oldin erishilgan g’alaba

O’zbek grossmeysteri Nodirbek Abdusattorov Chexiya poytaxti Pragada bo’lib o’tgan “Prague International Chess Festival” turnirida musobaqa yakuniga bir tur qolganda g’alabaga erishdi. 

Bu bilan xalqaro reytengda ham o’z o’rnini yanada yaxshilab, norasmiy shaxmat reytengida 4-o’ringa ko’tarilib oldi.