$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 6-mart eng muhim voqealari dayjesti

Positive 24-3-5

Italiyadan g’alaba

Italiya mezbonlik qilayotgan, Parij-2024 litsenzion turnirini g’alaba bilan boshladik. Boks bo’yicha jahon chempioni Asadxo’ja Mo’ydinxo’jayev Jazoirlik Islam Yusufga qarshi ringga tushdi va 5:0 hisobida kuchli g’alabaga erishdi.

O’zbekistonning 146-diplomatik aloqa o’rnatgan davlati

Lixtenshteyn O’zbekistonning 146-diplomatik aloqa o’rnatgan davlati bo’ldi. Bu to’g’ridagi hujjat Nyu-York shahrida imzolandi. Uni BMTda O’zbekistonning doimiy vakili Ulug’bek Lapasov va Lixtenshteyn Kinyazligining BMTdagi doimiy vakili Kristian Venvayner imzoladilar.

Bir kunda metropolitendan qancha odam foydalanadi?!

Toshkent shahrida 5 milliondan ko’proq aholi istiqomat qiladi va 800 mingga yaqin ro’yxatdan o’tgan avtotransport mavjud. “Toshkent metropoliteni” davlat unitar korxonasi xizmatlaridan kun davomida 903 mingdan ziyod yo’lovchi foydalanar ekan. Bu ko’rsatkich 2021-yilga nisbatan 3 marta ko’proq degani. Jamoat transportini rivojlantirish va yo’lovchilarga qulaylik yaratish juda muhim vazifadir, negaki, shaxsiy transport vositalari soni ortishi ko’plab muammola, tirbandlik, ekologik va shu kabi muammolarga olib kelishi mumkin.

“Millioner dehqonlar”

Iqtisodiy tadqiqotlar instituti tahliliga ko’ra, 2018-2022- yillarda respublikada umumiy ekin maydonlari 3 396,0 ming gektardan 3 353,3 ming gektarga, 1,3% ga oshgan. 1 gektar yerdan olinadigan o’rtacha daromad esa 42 million so’mdan 46,5 million so’mga ko’tarilgan.