$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 4-mart eng muhim voqealari dayjesti

negative-24-3-4

Noyob qush tasviri olindi

Hisor davlat qo'riqxonasida kamyob va zaiflashib borayotgan nominal kenja tur sifatida Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi Qizil ro'yxatiga va O'zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan qush - oq boshli qumoy tasviri olindi. Uni ovlash taqiqlangan. Tog' qo'riqxonalari va milliy tabiat bog'lari muhofazasiga olingan bu qushni uchratish juda qiyin. Surxon davlat qo'riqxonasida mazkur turning umumiy soni 2015-yilda 50-60 tani tashkil etgan.

"Katta dubulg'a"dagi natijalar

“Katta dubulg‘a” turnirida o‘zbekistonliklar avvalgiga qaraganda kattaroq natijaga erishib umumiy hisobda 3-o'rinni egalladi. Medallar soni esa 6 tani tashkil etgan bo'lib, Doston Ro‘ziyev va Muzaffarbek To‘raboyev oltin medal oldi, Davlat Bobonov bronza bilan turnirni yakunladi. 

Qog'ozbozlik tugadi(mi?)

Joriy yil 1-martda “Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirishning kompleks chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, 2024-yil 1-sentyabrdan sug‘urtaning barcha turlari bo‘yicha sug‘urta (qayta sug‘urta) shartnomalarini yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali ro‘yxatdan o‘tkazish va sug‘urta polislarini ushbu tizim orqali rasmiylashtirish majburiy hisoblanadi. Barcha sug‘urta turlari bo‘yicha sug‘urta polislarini faqat qog‘oz shaklda rasmiylashtirish amaliyoti bekor qilinadi. 

Turkiyadan ayol velosportchilarning g'alabalari

Turkiyaning Alaniya shahrida velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha "International Alanya Castle Criterium" poygasida, ayollar o'rtasidagi guruh poygasida ishtirokchilar 29 km. masofada o'zaro raqobatlashishdi. Terma jamoamiz a’zosi Yekaterina Knebleva marraga 47 daqiqa 11 soniyada birinchi bo‘lib yetib keldi va oltin medalni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, Yevgeniya Golotina 47 daqiqa, 19 soniyada belgilangan masofaga yetib kelgan holda bronza medaliga ega chiqdi. Musobaqaning kumush medali jazoirlik Houli Nesrinega (47:13) nasib etdi.