$
 12208.08
32.74
 14116.20
52.46
 155.00
0.71
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 30-mart eng muhim voqealari dayjesti

Dayjest 30-mart

Endi qimmatbaho toshlarni olib kirishda qo‘shiladigan qiymat solig‘i yo'q

Ayni vaqtda zargarlik tarmog‘ini sanoatning asosiy drayverlaridan biriga aylantirish, zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish va ularning savdosi bo‘yicha faoliyatni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarining xomashyoga bo‘lgan ehtiyojini qondirish zarurati yuzaga kelgan. 

Senat yalpi majlisida muhokama qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonunga ko'ra, Soliq kodeksiga zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan qimmatbaho toshlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinishini nazarda tutuvchi qo‘shimcha kiritilmoqda.  

Xalq sud faoliyatidan endi xabardor bo'ladi

Senat yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga sud hokimiyatining mustaqilligi kafolatlarini mustahkamlashga, sudlar faoliyati haqida jamoatchilikni xabardor qilishga hamda yagona sud amaliyotini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun muhokama qilindi.

Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga sudlar raislarining xalq deputatlari mahalliy kengashlariga bir yilda kamida bir marta axborot taqdim etishi haqidagi qoidani bekor qilish, o‘z navbatida, sudlarning o‘z faoliyati to‘g‘risida jamoatchilikni har chorakda ommaviy axborot vositalari orqali xabardor qilib borishiga oid norma joriy etilmoqda.

Yigitlik burchini o‘tab qaytishmoqda

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Termiz va Kakaydi garnizonlaridagi harbiy qismlarda yigitlik burchini o‘tab, rezervga bo‘shatilgan muddatli harbiy xizmatchilar tantana bilan uyiga kuzatildi. 

Tantana davomida bir guruh muddatli harbiy xizmatchilarga oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda qo‘shimcha ball beradigan harbiy qism qo‘mondonligining imtiyozli tavsiyanomalari hamda askarlarning ota-onalariga tashakkurnomalar, faxriy yorliqlar topshirildi.

Xalqaro matematika olimpiadasida 9 ta medal

25-30-mart kunlari Turkmaniston davlatining Arkadag‘ shahrida o‘tkazilgan xalqaro matematika olimpiadasida ishtirok etgan O‘zbekiston jamoasi 2 ta oltin, 2 ta kumush va 5 ta bronza medalga sazovor bo‘ldi

Bular:

  • Yusufjon Ortiqov - Buxoro viloyati, Qorako‘l tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi oltin medal;  
  • Maqsadbek Egamberganov - Xorazm viloyati, Bog‘ot tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf o‘quvchisi oltin medal;  
  • Farhod Ochilov - Buxoro viloyati, Qorako‘l tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi kumush medal;  
  • Murodjon Mamatov - Buxoro viloyati, Qorako‘l tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchisi kumush medal;  
  • Anvar Rustamov - Buxoro viloyati, Qorako‘l tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchisi bronza medal;  
  • Tohirjon Tairov - Xorazm viloyati, Yangiariq tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 7-sinf o‘quvchisi bronza medal;  
  • Mirshod Muhammedov - Buxoro shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi bronza medal;  
  • Ulug‘xo‘ja Bafoyev - Buxoro viloyati, Jondor tumanidagi 46-maktabning 9-sinf o‘quvchisi bronza medal,
  • Xushnudbek Durdiyev - Buxoro viloyati, Olot tumanidagi 10-maktabning 10-sinf o‘quvchisi bronza medal.
Теги :
Jamiyat