Shanba, 17-oktabr, 2026
Havo 87 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
🌤 +17° kechasi +10°

2024-yil 22-martning eng muhim voqealari dayjesti

Yangi va muntazam reyslar, jahon kubogida finalga yo’l olgan sportchimiz, Namangan investorlar uchun qulay hududga aylanmoqda — kunning eng muhim xabarlari.

2 daqiqa o‘qiladi

2024-yil 22-martning eng muhim voqealari dayjesti

Yangi va muntazam reyslar

“Air Samarqand” aviakompaniyasi Samarqanddan Istanbulga muntazam reyslarni ochdi va ilk muntazam reys 21-mart kuni amalga oshirildi.

Reyslar tartibi, birinchi bosqichda reyslar haftada ikki marta, dushanba va payshanba kunlari amalga oshiriladi. Kelgusida muntazam reyslar Tbilisi, Dubay, Jidda va Turkiyaning bir qator shaharlariga amalga oo‘irilishi rejalashtirilmoqda.

Vaqtinchalik cheklov haqida xabar berildi

21–24-mart kunlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali joylashgan server qurilmalarini "Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi" davlat muassasasining Maʼlumotlarni qayta ishlash markaziga koʻchirish hamda Soliq qo‘mitasi veb-resurslari faoliyatini optimallashtirish va serverlar imkoniyatlarini kengaytirish munosabati bilan 21-mart soat 21:00 dan 23-mart soat 09:00 ga qadar Davlat xizmatlarini ko'rsatish tizimi, "Notarius" avtomatlashtirilgan axborot tizimi, Litsenziya va Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tizimlari orqali xizmat koʻrsatish imkoniyatlari vaqtinchalik cheklanishi haqida xabar berildi.

Jahon kubogida finalga yo’l olgan sportchimiz

Garmaniyaning Berlin shahrida suvga sakrash bo’yicha Jahon kubogining ikkinchi bosqich bellashuvlarida ishtirok etayotgan sportchimiz Igor Myalin 10 metrli platformadan sakrash yo’nalishining saralash bosqichida 403.50 ball jamg’ardi va final bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritdi.

Igor Myalin Parij-2024 olimpiadasi litsenziati ham hisoblanadi. 

Bir guruh mahalla tizimida faoliyat yurituvchi xodimlar taqdirlandi

Mahalla tizimi xodimlari kuni munosabati bilan Shavkat Mirziyoyev bir guruh soha vakillarini orden va medallar bilan mukofotlash to‘g‘risida farmon imzoladi.

“Mehnat shuhrati” ordeni bilan:

Ismatova Adibaxon Kosimovna — Izboskan tumanidagi “Shodlik” mahalla fuqarolar yig‘ini xotin-qizlar faoli, Andijon viloyati

“Do‘stlik” ordeni bilan:

Begmatov Uchkun Ravshanovich — Paxtachi tumanidagi “Qarnabota” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Samarqand viloyati

Jaketov Amangeldi — Mo‘ynoq tumanidagi “Uchsoy” ovul fuqarolar yig‘ini raisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Jo‘raboyev Raximjon — Chortoq tumani nuroniylar jamoatchilik kengashi faoli, Namangan viloyati

Ilxomov Muxtar Atxamovich — Uchtepa tumanidagi “Uchtepa” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Toshkent shahri

Namangan investorlar uchun qulay hududga aylanmoqda

Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov boshchiligidagi delegatsiya joriy yil yanvar oyida Xitoy Xalq Respublikasiga tashrif buyurgan edi. Jarayonda o‘rnatilgan hamkorlik ortidan Xitoy Xalq Respublikasining yana bir yirik kompaniyasi – “AVIC” bosh menejeri janob Xan Jun boshchiligidagi delegatsiya Namanganga tashrif buyurdi.  

Ularga viloyat tadbirkorlari uchun yaratilgan sharoitlar va imkoniyatlar haqida ma’lumot berilib, Navro’z bayrami bilan ham tabriklandi.

Ta’kidlash kerak, joriy yil yanvar oyida Xitoyga tashrif davomida viloyat delegatsiyasi tomonidan 3,2 milliard AQSH dollarlik 32 ta loyiha yuzasidan kelishuvga erishilgan.