$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 15-mart eng muhim voqealari dayjesti

positive-24-3-15

Tramplinchimiz jahon kubogi sovrindori bo'ldi

13-14-mart kunlari Niderlandiyaning Alkmar shahrida tramplin boʻyicha Jahon kubogining ikkinchi bosqichi boʻlib oʻtdi. Unda ishtirok etgan Oʻzbekiston terma jamoasi 1 ta kumush medalga sazovor boʻldi. Musobaqada hamyurtimiz Mirshohid Hasanboyev kumush medalga egalik qildi. Hasanboyevning final dasturidagi chiqishi 57.095 ball bilan baholandi.

O'zini o'zi band qilganlik uchun imtiyozlar

Yaqinda kiritilgan Soliq kodeksidagi o'zgarishlarga binoan, endilikda o'zini o'zi band qilgan shaxslarning daromadi 100 million so'mdan oshguniga qadar yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun belgilangan soliq undirilmaydi. O‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning daromadlari tashqi manbalardan olingan ma’lumotlar asosida Soliq qo‘mitasi ma’lumotlar bazasida shakllantiriladi.  

5000 tupga yaqin ko'chat ekildi

Buxoro viloyati "Jayron" pitomnigidagi 11 377 gektardan iborat ochiq hududda 5000 tupga yaqin saksovul ko‘chatlari o‘tqazildi. Ko'chatlarni ekish jarayonida Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi, viloyat O‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi, O‘zbekiston Ekologik partiyasi viloyat Kengashi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi hamda Qorovulbozor tuman hokimliklari hamkorlikda ish olib bordi. Buxoro viloyatida ayni damda "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida 2024-yil bahor mavsumida 9 milliondan ortiq daraxtlar ekilishi rejalashtirilgan. Bugunga qadar 6 millionga yaqin daraxt ko’chatlari o’tqazildi.

Tataristonda "O‘zbek kinosi kunlari"

Kinematografiya agentligi direktori Firdavs Abduxoliqov “Tatarkino” muassasasining 100-yilligi munosabati bilan Tataristonga taklif etildi. Qozon shahrida MDHning ko‘plab kino tashkilotlari rahbarlari ishtirokida muzokaralari bo'lib o'tdi va kun yakunida “Mir” kinoteatrida "O‘zbek kinosi kunlari"ning ochilishi bo‘lib o‘tdi. Bundan tashqari, xorijlik tomoshabinlari e'tiboriga “Ilhaq” filmi taqdim etildi.