$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 14-mart eng muhim voqealari dayjesti

Positive 24-3-14

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun berilayotgan imtiyozlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida qayd etilishicha Sayxunobot tumanida xonadonlarning katta qismi chorva boqish bilan shug'ullanadi va chorvani yanada ko'paytirish maqsadidalar. Endilikda esa oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida qo'y, qoramol va echkilar olish uchun 33 million so'mdan imtiyozli kreditlar garovsiz va naqd pul shaklida beriladigan bo'ldi. Bundan tashqari, tumanda tashlandiq bo'lib yotgan 400 gektar yer 800 ta xonadonga bo'lib beriladigan bo'ldi. 

Mahallalarga mini traktor va motokultivator olib beriladi

Prezident Sayxunoboddagi 19 ta mahallaga 1 tadan mini traktor, 4 tadan motokultivator olib berilganini ma’lum qildi. Qayd etilishicha, mas’ullar Sayxunobod tumanidagi 19 ta mahalla va 794 ta ko‘chani nomma-nom bo‘lib olib, bu yil tadbirkorlik uchun beriladigan 200 milliard so‘m hisobidan ularni har biriga texnik iqtisodiy asos ishlab chiqadi. Endilikda har bir hokim yordamchisi mahalladagi agronomlar bilan birga olib berilgan texnikalar hisobidan tomorqa yerlarini haydash va ekin ekish xizmatlarini ko‘rsatishadi. Bunday tajriba butun respublikada ommalashtiriladi. 

Pensiyalar tayinlash avtomatlashtiriladi

Pensiya ta’minoti tizimiga axborot texnologiyalarini faol joriy qilish borasida ishlar olib borilmoqda. 2025-yil 1-martdan boshlab pensiya yoshiga yetgan fuqarolarga pensiyalar “avtomatik” tarzda, ya’ni hech qanday hujjat talab etmagan holda va fuqaroning murojaatisiz tayinlanadi. Fuqaroning shaxsiga oid barcha ma’lumotlar vazirlik va idoralarning elektron bazalaridan olinadi.  

O'zbekiston va Eron xotin-qizlar tashkilotlari o'rtasida hamkorlik yo'lga qo'yiladi

Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi raisi Tanzila Narbayeva Eron Islom Respublikasining Xotin-qizlar va oila masalalari bo‘yicha vitse-prezidenti Ensiyo Xazaliy bilan uchrashdi. Uchrashuvda rivojlanib borayotgan O'zbekiston va Eron Islom Respublikasi o'rtasidagi aloqalarni kengaytirishning dolzarb masalalalari muhokama qilindi. Ikki tomonlama hamkorlik doirasida xotin-qizlar tashkilotlari o‘rtasida aloqalarni yo‘lga qo‘yish, ularning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy va madaniy-maʼrifiy hayotdagi ishtirokini oshirish, jamiyatdagi ijtimoiy mavqeini mustahkamlash borasidagi saʼy-harakatlarni qo‘shma loyihalar asosida birlashtirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.