$
 12228.58
20.5
 14282.98
166.78
 155.96
0.96
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 12-mart eng muhim voqealari dayjesti

Positive 24-3-12

Parij-2024 yo’llanmalarini kimlar naqd qildi

Italiyaning Brusto-Arsitsio shahrida boks bo’yicha 1-jahon litsenzion musobaqasi yakunlandi va unda muvaffaqiyatli ishtirok etgan O’zbekiston terma jamoasi Parij-2024 yozgi Olimpiada o’yinlariga 5 ta yo’llanmani qo’lga kiritdi. Parij-2024 litsenziyalarini naqd qilgan hamyurtlarimiz:

-51 kg: Hasanboy Doʻsmatov

-57 kg: Abdumalik Xalokov

-63.5 kg: Ruslan Abdullayev

-71 kg: Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev

-80 kg: Toʻrabek Habibullayev

-92 kg: Lazizbek Mullojonov

+92 kg: Bahodir Jalolov

-50 kg: Sabina Boboqulova

-54 kg: Nigina Oʻktamova

Musobaqa davomida 113 mamlakatdan faqatgina O’zbekiston va Qozog’iston terma jamoalari 5 tadan yo’llanmaga ega chiqqan.

ClimateScience xalqaro ta’lim platformasi mahalliylashtiriladi

Platformada iqlim o’zgarishlari bilan bog’liq mavzular bo’yicha kurslar, o’qituvchilar uchun ma’lumotlar, videomateriallardan iborat bo’lib, yoshlarga iqlim o’zgarishlariga qarshi global kurashga qo’shilish va ekologiya sohasida mutaxassis bo’lib yetishishga yordam beradi. Platformani mahalliylashtirish loyihasi doirasida ayni paytda o’zbek va qoraqalpoq tillarida ma’lumotlar bilan ta’minlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Navro’z bayrami munosabati bilan qo’shimcha qatnov va chegirmalar

Uzbekiston Airways kompaniyasi Navro’z bayrami munosabati bilan bir qancha mahalliy yo’nalishlarga qo’shimcha aviaqatnovlar joriy etilishini ma’lum qildi. Parvoz jadvali bilan kompaniya saytida tanishish mumkin. Bundan tashqari, Navro’z munosabati bilan 30% lik chegirmalar e’lon qilingan va ular 21-24-mart kunlari ekonom va biznes klass tariflari uchun amal qiladi.

Suv yetkazib berish xizmati uchun to’lov bekor qilinmoqda

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida suv resurslarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda muhokama qilindi. Qonun loyihasida suv xo’jaligi tashkilotlari tomonidan qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi suv yetkazib berish xizmatlari uchun to’lovlarni bekor qilish va xarajatlar o’rni suv resurslaridan foydalanganlik uchun to’lanadigan soliqlarning 40 foizini yo’naltirish orqali qoplanishi belgilanmoqda.