Shanba, 17-oktabr, 2026
Havo 87 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
🌤 +17° kechasi +10°

2024-yil 11-mart eng muhim voqealari dayjesti

Katta restavratsiya ishlari amalga oshirilgan muzey ochilishi, o’zbek milliy kiyim va buyumlari xorijiy ko’rgazmada, chiqindi paketlari uchun maxsus talablar joriy etiladi, kurash bo’yicha xalqaro turnirda O’zbekiston sportchilarining natijalari— kunning eng muhim xabarlari.

2 daqiqa o‘qiladi

2024-yil 11-mart eng muhim voqealari dayjesti

Afrosiyob muzeyi ochilishi

Samarqand shahrida joylashgan Afrosiyob muzeyi Koreya Madaniy meros jamg’armasi tominidan restavratsiya qilindi va bu uchun 295 ming AQSH dollariga yaqin mablag’ sarflandi. Restavratsiya chog’ida muzeyning 1-qavatidagi ko’rgazmalar zali, videozal va yo’laklar yangilanib, 2-qavat shifti va tomlari ham yangicha jilo kasb etdi. Muzey 13-mart kuni qayta ochiladi.

O’zbek milliy kiyimlari va buyumlari ko’rgazmasi Bokuda

17-mart kuni Bokudagi Haydar Aliyev markazida “Choklardagi meros: O’zbekiston kashtachilik va tikuvchilik an’analari bo’ylab sayohat” ko’rgazmasi faoliyat boshlaydi. Unda XIX asr oxiri - XX asr boshlariga oid 150 ga yaqin amaliy san’at namunalari namoyish etiladi.

Ekologiya vazirligi maxsus chiqindi paketlari bo’yicha taklifni qabul qildi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchi tadbirkorlardan maxsus chiqindi paketlarini xarid qilish bo‘yicha tijorat takliflarini qabul qiladi. Endilikda xarid qilinadigan paketlarga talablar qo’yiladi. Masalan:Paketlar mikroorganizmlar ishtirokida bioparchalanish xususiyatiga ega bo‘lishi kerak yoki tarkibida kraxmal bo‘lgan organik chiruvchi mahsulotlardan ishlab chiqarilgan bo’lishi kerak. 

 “Yasar Dogu & Vehbi Emre” turnirida O’zbekiston natijalari

Turkiyaning Antaliya shahrida kurash sport turi bo’yicha yakuniga yetgan “Yasar Dogu & Vehbi Emre” xalqaro turnirida sportchilarimiz 5 ta medalga sazovor bo’ldilar. Erkin kurash bo’yicha O’zbekiston terma jamoasi a’zolaridan Behruzbek Turanmuratov 74 kg. og’irlikda, Bobur Ismoilov 86 kg. vaznda 3-o’rinni band etishgan.